Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Ro‘ziqul Berdiyev: «Futbolchilarimizning o‘yinlaridan mamnunman»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Futbolchilarimizning o‘yinlaridan mamnunman»

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-O‘yin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Bugun shunday o‘yin bo‘lishi oldindan ma’lum edi. Biz ko‘proq qarshi hujumlarda harakat qildik va gol urish uchun vaziyatlarga ham ega bo‘ldik. Lekin o‘yinchilarimizda gol urishga sovuqqonlik yetishmadi. O‘yinchilarimizga ko‘rsatma berganimizda, “Navbahor” jamoasi standart vaziyatlardan ko‘proq foydalanishini uqtirgan edik. O‘yin oxirida shunday vaziyatda gol o‘tkazib yubordik. Agar bugungi o‘yinda maydonga tushgan tarkibimizga e’tibor bersak, bugun maydonga tushgan futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘satishdi, shaxsan o‘zim bundan qoniqish hosil qildim. Ular ijobiy natija uchun bor kuchlarini berib o‘ynashdi.

Rejalarimiz? Biz hozir OCHL-2018 qur’asini kutayapmiz, shundan so‘ng yangi mavsum tayyorgarligi rejasiga aniqlik kiritamiz. Hozircha shunisi ma’lumki, dekabr oyining o‘rtalarida yig‘inni boshlaymiz. Albatta tarkibimizda o‘zgarishlar ham bo‘ladi. Bu tabiiy hol. Hozircha bu haqda aniq ma’lumot bera olmayman. Bizga yaxshi o‘yinchilar kerak, agar OCHLda qatnashadigan bo‘lsak, tarkibimizni yanada kuchaytirishimizga to‘g‘ri keladi. Bizga ikkita bir xil tarkib kerak bo‘ldi.

Bu yilgi futbol mavsumida jamoamiz tarkibida o‘ynagan barcha futbolchilarimizdan mamnunman, bu yil biz ularning ishtirokida yaxshi natijani qo‘lga kirita oldik.

Bu yilgi chempionat har qachongidan yaxshiroq o‘tdi. O‘ylaymanki, bo‘lib o‘tgan va bugungidek uchrashuvlar muxlislarimiz uchun xuddi bayramdek, mana shunday uchrashuvlar ko‘proq bo‘lishini tarafdoriman. Qanchalik chempionatimizda kurashlarga boy uchrashuvlar ko‘paysa, bu muxlislar uchun ham, futbolchilarimiz uchun ham foydali.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 13:28, 26.11.2017.
O'qildi: 5645 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.