Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Ilhom Mo‘minjonov: «Yangi futbolchilar bilan muzokaralarga kirishganmiz»

Ilhom Mo‘minjonov: «Yangi futbolchilar bilan muzokaralarga kirishganmiz»

Baho:
+ | -

«Navbahor» - «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgach o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida «Navbahor» bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Bugungi qo‘lga kiritilgan g‘alaba va chempionatda qayd etilgan natijadan xursandman va bundan faxrlanaman. 11 oy davomida men bilan birgalikda yonma-yon ishlagan yordamchi murabbiylarimizga kattakon rahmat aytaman. Mehnatlarimiz samarasi o‘laroq «Navbahor» chempionatni beshtalikda yakunladi.

Shu jumladan futbolchilarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘taman. Bir qator yetakchilar yo‘qligiga qaramay o‘zlarini nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etib, g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Erishganlarimiz bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Turli xil gap-so‘zlar bo‘xtonlarga e’tibor qaratmagan holda ishlashda va izlanishda davom etamiz. Zero oldimizda murosasiz ruhda o‘tishi kutilayotgan 2018 yilgi chempionat turibdi.

Fursatdan foydalanib, yil davomida bizni qo‘llab turgan Namangan xalqini ham g‘alaba hamda beshinchi o‘rin bilan muborakbod etaman.

-  Mavsum yakuniga ko‘ra «Navbahor»ni bir qator futbolchilar tark etadi degan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Shunga ham oydinlik kiritib o‘tsangiz?

- 2017 yilgi mavsum endi tugadi. Futbolchilar bilan yil boshida imzolangan shartnomalar muddati yakunlandi. Imkon qadar hozirgi tarkibdagi o‘yinchilarni jamoada olib qolishga harakat qilamiz. Jamoadagi futbolchilar bilan shartnoma muddatlarini uzaytirish borasida gaplashamiz.

Kelishuvga erishgan o‘yinchilarni safimizda olib qolamiz. Umuman olganda tarkibni kuchaytirish borasida seleksiya ishlarini mavsum yakunlanmay turiboq boshlab yuborganmiz.

Bundan bir oy vaqt oldin O‘zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan besh-olti nafar futbolchi bilan muzokaralarga kirishganman. Ular bilan og‘zaki tarzda kelishib qo‘yganmiz. Lekin, aynan qaysi futbolchilarni jamoaga taklif etganligimiz sirligi uchun ularni aynan kimlar ekanligini ayta olmayman.

- Barchaga ma’lumki, Namangan futbolidan bir qator iqtidorli futbolchilar yetishib chiqqan. Ayni paytda boshqa klublarda to‘p surayotgan mahalliy futbolchilarni ko‘z ostingizga olib qo‘yganlaringiz ham bormi?

- Albatta bor. Mahalliy bo‘lgan uch nafar futbolchi bilan muzokaralar olib bordik. «Nasaf»da ham asli namanganlik bo‘lgan yaxshi futbolchilar to‘p surishmoqda.

Hozirda aynan kimlarni taklif etganligimizni o‘zinglarga ma’lum sababga ko‘ra ayta olmayman. Ular bilan tez-tez gaplashib turibmiz. Muzokaralarni kelgusida ham davom ettirib jamoaga jalb etish borasida ish yuritamiz.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi bilan ham o‘rtoqlashsangiz?

- 2018 yilgi mavsumga puxta tarzda tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilganmiz. Aynan shu maqsadda 15 dekabr kuni Namanganda to‘planib, yangi mavsum oldidan 10 kundan iborat dastlabki  o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazamiz.

"Navbahor" FK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 13:45, 26.11.2017.
O'qildi: 6370 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.