“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning byusti Madrid jamoasining muzeyiga o‘rnatildi.
Byustni 52 yoshli Xose Antonio Navarro Arteaga ismli haykaltarosh yaratdi.
Ma’lum bo‘lishicha, skulpturani yaratilishiga Arteaguning o‘g‘li Xuan sababchi bo‘lib, u Ronalduning Madeyradagi haykali ko‘rinishi unchalik chiroyli chiqmaganini aytgan va otasidan yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lgan haykal yaratishni iltimos qilgan.
Endilikda, Ronalduning yangi haykali “Real” muzeyida saqlanadi.