Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Barselona»ning omadsizliklariga Messi sababchimi?

«Barselona»ning omadsizliklariga Messi sababchimi?

Baho:
+1 | -

27 noyabr kuni Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya La-Ligasining 13-tur doirasida “Valensiya” bilan safarda 1:1 hisobida durangga erishdi.

Gap shundaki, Ispaniya chempionatining amaldagi peshqadamlari bir yil davomida ketma – ket ikki o‘yinda durang qayd etdi. Kataloniyaliklar 22 noyabr chorshanba kuni Turinda “Yuventus” mehmoni bo‘lib, 0:0 hisobida durang bilan ortga qaytishgandi.

Ushbu natija futbol yulduzlaridan biri hisoblanmish, Lionel Messi jamoasi uchun 2017 yildagi eng yomon ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, “Barselona” 2016 yilning noyabr-dekabr oylarida “Real Sosyedad”, “Erkules” va “Real” jamoalari bilan 1:1 hisobida durangga erishgandi.

Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, “Barselona” yetakchisi Lionel Messi ham jamoasining muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga sababchi bo‘lib qolmoqda.

Messi mana ketma-ket 6 o‘yindan beri raqiblar darvozasiga gol ura olmayapti. Argentinalik futbolchining golsiz seriyasi jami oltitaga yetdi.

Leo Messi “Barselona” safida so‘nggi 5 o‘yinda Argentina terma jamoasi safida Rossiyaga qarshi uchrashuv (1:0) da raqib darvozabonlarini dog‘da qoldira olmagan.

Messi so‘nggi martu bunday yomon ko‘rsatkichni 2010 yil takrorlagan bo‘lib, o‘sha vaqtda hujumchining golsiz seriyasi yettitaga yetib borgandi.

Biroq shunga qaramay, Messi Ispaniya chempionatining 13-turidan so‘ng 12 ta gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

“Valensiya” klubi hujumchisi Simone Zaza mavsum boshidan beri 9 marta o‘z nomini tabloga yozib qo‘ygan.

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa atigi 2 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatining pastki qismlaridan joy olgan.

Shuningdek, “Barselona” 35 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turgan bo‘lsa, “Real” 27 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi.

“Valensiya” (31) va “Atletiko” jamoalari (27) “Barselona”dan keyingi “Real”dan oldingi o‘rinlarni band etishgan. Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi 24 noyabr kuni “Oltin butsa” sovrini bilan taqdirlangandi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 19:35, 28.11.2017.
O'qildi: 7176 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик