Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Vitaliy Denisov: «O‘zbek palovi O‘zbekistonda boshqacha baribir»

Vitaliy Denisov: «O‘zbek palovi O‘zbekistonda boshqacha baribir»

Baho:
+ | -

Sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogi bu safar O‘zbekiston terma jamoasi yetakchi himoyachilaridan biri Vitaliy Denisovdan katta intervyu oldi.

Quyida Vitaliy va Yevdokim Raimov (muallif) o‘rtasida kechgan suhbatning biz uchun eng qiziqarli tomonlari bilan tanishishingiz mumkin.

- «Lokomotiv» chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Sizningcha, buning asosiy sababi nima?

- Birinchi navbatda, mashg‘ulotlar va o‘yinlar davomidagi tinimsiz mehnatni tilga olishim mumkin.

- Matbuotda «Zenit» chempionatning asosiy favoriti sifatida tilga olinmoqda, baribir...

- Hozirgi kunda gazetalarni kam o‘qiyapman. Umuman olganda, barchasi matbuotda emas, maydonda hal bo‘ladi. Agar «Zenit» chindan ham, kuchli bo‘lsa, unda chempionlikni tantana qiladi.

- Siz ko‘rgan avvalgi murabbiylar bilan solishtirganda, Syominning o‘zgachaligi aynan nimalarda seziladi?

- To‘g‘risi, hech qachon murabbiylarni o‘zaro taqqoslamayman. Har birining o‘ziga xos ustunligiyu, yaxshi tomonlari bo‘ladi.

- Saytdagi forumlardan birida shunday yozildi: «Tor, o‘zingga kel. Doimgidek o‘yna». Ayni payt asosiy tarkibdan tushib qolganingizni qanday izohlaysiz?

- Aslida o‘rnimni yo‘qotib qo‘yganim yo‘q. Shunchaki, jarohat sabab, davolandim, jamoa bu vaqtda mensiz o‘ynadi. Shu bilan birga ketma-ket g‘alabalarga erishdi. Bosh murabbiy bor, barchasini o‘zi hal qiladi.

- «Paxtakor» maktabida siz bilan birga tahsil olgan yigitlardan kimlar terma jamoa darajasiga chiqishgan?

- Bundaylar ko‘p. Deylik, Sanjar Tursunov. U bilan 6-7 yoshdan tanishmiz. Sasha Lobanov, Marat Bikmayev, Anzur Ismoilov, Akmal Shorahmedov, Sasha Kleskov bilan ham bolalikdan birga to‘p surganmiz. Yana Farhod Tojiyev va Sadriddin Abdullayev ham bor.

- O‘zbek futbolidagi muammolardan biri - bu yoshni kichraytirish. Hozirgacha buni bir futbolchi tan olgan - Ilyos Zeytullayev. Asl yoshini yashirgan o‘zbekistonlik futbolchilarni bilasizmi? Familiyalarni aytishingiz shart emas.

- To‘g‘risi, hech kimni «kavlamaganman». Menimcha, bu muammo bitta mamlakatga daxldor emas. Aytaylik, Rossiya futbolida ham shunday illat bor. Mana, Afrikada buning ortidan qanday mojarolar chiqdi. Xullas, yoshni kichraytirish ayni kunda butun jahon futboli muammosidir.

- Mish-mishlarga qaraganda, Olga Smorodskaya vaqtida sizga Rossiya fuqaroligini taklif qilgan ekan...

- Menga Ukraina pasportini ham bermoqchi bo‘lishgan. Agar Rossiya pasportini olganimda, nima o‘zgarardi? Bu yerda O‘zbekiston termasi safida o‘ynaganim uchun baribir, legioner hisoblanardim-ku.

- Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Vadim Afonin va Marat Bikmayevda Rossiya pasporti bor.

- Bu borada nimadir deyishim noo‘rin. Bordiyu, men ham Rossiya fuqaroligini olsam, ushbu mamlakatda yashashim osonlashadimi?

- Deylik, xorijga chiqishda muammo sezmasdingiz.

- Bilmadimu, O‘zbekiston pasporti bilan ham butun dunyoga chiqdim. Hech qanday muammo yo‘q. Ehtimol, qayerdadir ko‘proq turarman, ba’zan viza olish uzoqroqqa cho‘zilar. Lekin umuman muammoga uchramadim. Jamoa bilan butun Yevropani aylanib chiqdim, Amerikada bo‘ldim, Angliyada ham. Qaytaraman, bu borada hech qanday muammo yo‘q.

- Rossiya chempionatidan o‘rin olgan «Rubin»ga qarshi uchrashuvda kimnidir haqoratlaganingiz uchun 60000 rubl jarima to‘lagansiz. Faoliyatingiz davomida mukofot pullari ham olgansiz, albatta. Sir bo‘lmasa, eng katta mukofot summasi qancha?

- Mukofotlar? Albatta, bonuslar bor. Lekin klublar sirini ochishni istamayman. Qaysidir vazifani bajarganimiz uchun yaxshigina mukofot puli olganmiz. Misol uchun, Dnepropetrovskda o‘ynaganimda, bitta g‘alaba uchun 50 mingdan va’da qilishgandi.

- Yuriy Syominga o‘zbekistonlik qaysi futbolchini tavsiya eta olasiz?

- Ochig‘i, ko‘plab hamyurtlarim bilan bitta klubda o‘ynashni istardim. Lekin qanday o‘yinchi kerakligini Yuriy Palichning o‘zi biladi. Qolaversa, seleksionerlar turli terma jamoalarda o‘ynaydigan ko‘plab futbolchilarni kuzatib borishadi.

- O‘zbekiston terma jamoasiga bu safar jahon chempionati yo‘llanmasini yutish uchun nima yetishmadi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:29, 30.11.2017.
O'qildi: 3340 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.