Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Bolaparvar «gallaktikos» yoxud «Real»ning serfarzand yulduzlari

Bolaparvar «gallaktikos» yoxud «Real»ning serfarzand yulduzlari

Baho:
+ | -

Serfarzandlar klubiga xush kelibsan, Ronaldu! 4-marta otalik baxtiga musharraf bo‘lgan Krishtianu «Real» tarixidagi ko‘p bolali futbolchilarning katta guruhiga qo‘shildi.

Bitta qiziqarli fakt: millionlar o‘yinidagi eng mashhur serfarzandlar qaysidir jihat bilan «Real Madrid»ga bog‘lanishgan. Nahotki, bu ham Florentino Peres xohishi bo‘lsa?

Harqalay, «Qirollik klubi» sharafini himoya qilishgan turli millat vakillari bu borada ham kelishib olishgandek, go‘yo.

To‘g‘ri, buning sababini qidirish noo‘rin - har bir mashhur nom yoki «Oltin to‘p» egasining shaxsiy oila masalasida o‘z tarixi bor.

Ronalduning ushbu safga qo‘shilgani esa «galaktikos»ning boshqa bolaparvar otalari haqida alohida hikoya qilishni taqozo etdi.

Luish Figu (Portugaliya) - uch qiz. Maqolani farzandlar soniga qarab, tartib bo‘yicha boshlasak, avvalo, Luish Figuga to‘xtalish kerak. Xalq orasida bunday otalarga «zargar» sifati ishlatiladi.

Portugaliyalik yulduz 3 nafar qiz farzandning otasi. Ularning barchalari Luish va shvesiyalik model Xelen Svedinning baxtiyor oilasida tug‘ulib-ulg‘ayishdi.

Daniela 1999 yili tavvallud topgan, Figu o‘sha vaqt «Barselona» sardori edi va «Kamp Nou» muhabbati aro suzardi. Martina va Stela esa yulduz futbolchi mojaroli tarzda Madridga ko‘chib o‘tganidan keyin dunyoga kelishgan.

Xabi Alonso (Ispaniya) - bir o‘g‘il + ikki qiz. Xabi Alonso turmush o‘rtog‘i bilan yoshligida tanishgan. Baskoniyalik hurliqo Nagora Aranburu shovqinli Gipuskoa provinsiyasidan. Baxtiyor juftlik 3 nafar farzandni tarbiyalamoqda.

Ularning to‘ng‘ichi - Yonchu Angliyada tug‘ilgan, ya’ni Xabi «Liverpul» safida javlon urgan vaqtda. Ushbu voqea sabab, yarim himoyachi «qizillar»ning CHL doirasida «Inter»ga qarshi kechgan safar o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan ekan.

O‘xshashlikni qarang, Alonso «Madrid» libosini kiyganidan keyin xuddi Figu kabi 2 nafar qizli bo‘ldi - Ana va Emma ahil oilani shodlikka to‘ldirishdi.

Fernando Moryentes (Ispaniya) - bir o‘g‘il + uch qiz. «Real»ning mohir to‘purari to‘ng‘ich farzandiga o‘z ismini bergan - Fernando. U tug‘ilgan payt futbolchi qallig‘i Mariya Viktoriya Lopes bilan hali rasman oila qurgan emasdi.

Oradan yarim yil o‘tgach, 2003 yilning dekabrida juftlikning to‘yi bo‘ldi. Keyin birin-ketin qizlar dunyoga kelishdi - Lyusiya, Gabriella va Martina. Ayni payt Fernandoning kenja qizi 10 yoshda.

Maykl Ouen (Angliya) - bir o‘g‘il + uch qiz. Angliyalik futbolchi «Santyago Bernabeu»da atigi bir mavsum to‘p surgan, xolos. Maykl namunaviy oila boshlig‘i sifatida ham nom qozongan. U Luiza Bonsall bilan maktab davrida, boz ustiga, boshlang‘ich sinfda o‘qiganida tanishgan.

Angliya futbolining «tilla bola»si atigi 8 yil ichida 4 marta otalik baxtiga muyassar bo‘ldi: Jemmi Roza 14 yoshda, Jeyms Maykl 11 yoshda, Emila Mey 10 yoshda va Jessika 7 yoshda. Aytishlaricha, Maykl Ouen shaxsiy otxonasidagi ishlar yoki poygalardan bo‘shagani hamono farzandlari yoniga oshiqadi.

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:20, 01.12.2017.
O'qildi: 5909 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.