Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Timur Kapadze finalda xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi

Timur Kapadze finalda xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolining eng nomdor futbolchilaridan biri, mamlakatimizning 12 karra chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi safida 119ta uchrashuv o‘tkazgan Timur Kapadze 2017 yilgi mavsum so‘nggida futbolchilik faoliyatiga yakun yasaydi.

“Lokomotiv” jamoasi sardori sifatida o‘ynab kelayotgan asli farg‘onalik ushbu futbolchi faoliyatini “Neftchi” jamoasida boshlagan. So‘ngra “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Inchxon Yunayted” (J. Koreya), “Sharja” (BAA) hamda “Aktobe” (Qozog‘iston) kabi klublar sharafini himoya qilgan.

36 yoshli mahorat sohibi shu paytga qadar O‘zbekiston chempioni (12 marta), O‘zbekiston kubogi sohibi (9 marta), Qozog‘iston chempioni unvonlariga ega chiqqan. Shuningdek, milliy terma jamoamiz safida uzoq yillar mobaynida barqaror o‘yin namoyish etgan.

4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogi final o‘yini Timur Kapadze uchun professional futbolchi sifatidagi so‘nggi bahs bo‘ladi.

Qayd etish joizki, Timur Kapadze ortda qolgan mavsumda Oliy Ligada 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:19, 01.12.2017.
O'qildi: 4059 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.