Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Angliyada Venger – Mourinyo «jangi», Ispaniyada «Real» uchun jiddiy sinov

Angliyada Venger – Mourinyo «jangi», Ispaniyada «Real» uchun jiddiy sinov

Baho:
+ | -1

“Erudit SPORT” nashri quyida tomoshabop o‘tishi kutilayotgan to‘qnashuvlarni o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi:

“Atletik” – “Real” Madrid

2 dekabr, shanba, soat: 00:45

TV-translyasiya: «UzReport TV»

O‘zaro uchrashuvlar:

51 G‘ALABA 32 DURANG 89 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Atletik” – “Real” Madrid 1:2 va 1:2

Imkoniyat: 30/30/40

Jamoalarning transfer qiymati:

“Atletik” – “Real” Madrid

170,60 million yevro VS 743,80 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

“Atletik”ka Ernesto Valverde javob berganida “Sherlar” kamida Yevropa ligasiga yo‘llanma taqdim etuvchi o‘rinlarni egallab turgan. Murabbiy Xose Anxel Siganda qo‘l ostida omadi yurishmayapti: to‘qqiz o‘yinda 24 ochko yo‘qotdi va o‘n beshinchi o‘ringa ravona bo‘ldi. Bundan tashqari, vaziyatlar realizasiyasi, qanotlarni “yopish” va yakka kurashlarda muammoga uchrayapti. Faqat bir ko‘rsatkichda – “ikkinchi qavatda”gi kurashlarda “Basklar”ga yetadigani yo‘q. Eng qizig‘i “Real” Madridning havodagi kurashlarda omadi chopmayapti (eng yomon uchinchi natija). “Qirollik klubi”ni iziga qaytarish ustida bosh qotirayotgan Zidanni qiynayotgan muammo birgina bu emas. Golli vaziyat yaratishda Primerada “Real”ning oldiga tushadigani yo‘q, ammo o‘sha imkoniyatlarni ko‘kka sovurishda ham madridliklar eng oldi jamoa. Xullas, to‘rt turdan buyon uch ochko nimaligini bilmaydigan “Atletik” hamda La liga karvonboshisidan o‘n ochko ortda borayotgan “Real” o‘rtasidagi kurash tomoshabop o‘tadi.

 

“Uotford” – “Tottenxem”

2 dekabr, shanba, soat: 20:00

TV-translyasiya: «Futbol 2»

O‘zaro uchrashuvlar:

5 G‘ALABA 3 DURANG 12 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Uotford” – “Tottenxem” 0:4 va 1:4

Imkoniyat: 30/35/35

Jamoalarning transfer qiymati:

“Uotford” – “Tottenxem”

150 million yevro VS 551 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

 

Bir qarashda “Tottenxem” “Qizil arilar”ga qarshi matchda ortiqcha muammoga uchramaydigandek taasurot uyg‘otadi. Chunki o‘ttiz ikki yildir-ki “Uotford”ga yengilmaydi. Lekin ayni damda “Sariq armiya” Marku Silva degan “general” boshchiligida grandlarni “talon-toroj” qilmoqda. “Uotford” mutasaddilari portugal murabbiyining boshidan suv o‘girib ichishga tayyor. Axir, jamoa so‘nggi yetti o‘yinning oltitasida ikkitadan kam gol urmayapti. Yana “Liverpul” va “Arsenal” ustozlari ham hamkasbi oldida “shlyapasini yechdi” (to‘rt ochko ishladi). Boshqa tomondan, mahalliy muxlislar Pochettinoni “Uotford” sovuniga “kir yuvishini” kutmoqda. O‘zaro uchrashuvlarda, ayniqsa, o‘tgan mavsumda “Taqachilar” raqibini “sochib tashlagandi”. Murabbiy Maurisio ham sezib turibdi: raqib ochko ulashadigan emas, ochko oladigan jamoaga aylangan. Shu kuni “Tottenxem” vakillari maydon egalarining himoyasidagi bo‘shliqlardan foydalanishga urinsa, “Uotford” “ikkinchi qavatda”gi kurashlardagi ustunlikka urg‘u beradi.

 

“Arsenal” – “Manchester Yunayted”

2 dekabr, shanba, soat: 22:30

TV-translyasiya: «Futbol TV»

O‘zaro uchrashuvlar:

60 G‘ALABA 43 DURANG 73 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Arsenal” – “Manchester Yunayted” 1:1 va 2:0

Imkoniyat: 35/30/35

Jamoalarning transfer qiymati:

“Arsenal” – “Manchester Yunayted”

508 million yevro VS 592,75 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

  Qachon-qarama sharoitidan noliydigan Mourinyo “To‘pchilar”ning taqvimidan norozi bo‘lgandi.  Endi “Emireyts”da “Arsenal”ning qarshiligini sindirishiga to‘g‘ri keladi. 1152-o‘yinga hozirlik ko‘rayotgan Arsen Venger esa pinagini buzgani yo‘q. Klub oltinchi o‘rindan nariga o‘tolmayotganiga qaramay, o‘z uyida raqiblarini “patini yulyapti”: olti o‘yin va o‘n sakkiz ochko. Umuman, maydonidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 11 uchrashuvga yetgan. Qolaversa, mehmonlarni kamida ikki gol bilan siylashi odat tusiga kirdi (9 bahsdan buyon). O‘z navbatida, “Manchester Yunayted” raqib maydonida ochko yo‘qotadigan odat chiqargan. Hatto Premyer liganing “Uotford” va “Barnli” kabi o‘rtamiyona ishtirokchilari “Mankunianlar”ga qaraganda ko‘proq ochko qo‘lga kiritgan. Bir vaqtning o‘zida “Yunayted”ning London klublariga qarshi natijalari chakki emas: to‘rt to‘qnashuv va to‘qqiz ochko. Qiziq, Joze janoblarining beshinchi urinishi qanday tugaydi?

Ulug‘bek RAHMONQULOV, «Erudit SPORT» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 07:16, 02.12.2017.
O'qildi: 13587 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.