Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Qo‘qon-1912”ning qizlar jamoasi o‘zining birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. (Foto)

“Qo‘qon-1912”ning qizlar jamoasi o‘zining birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. (Foto)

Baho:
+ | -

Barchangizga ma’lumki O‘FF  yangi mavsumda jamoalar oldiga bir qator qat’iy talablarni qo‘ygan. Shunday talablardan biri har bir klub  xotin-qizlar  futbol  jamoasiga ega bo‘lishi shartligi ko‘rsatilgan.

Bu borada bizning jamoamiz ham  tinmay izlanishda davom etmoqda.Biz Qo‘qonda xotin-qizlardan iborat futbol jamoasi tuzilganligi haqida sizlarga xabar bergan edik.  

Mirsaid Mirolimov murabbiylik qilayotgan bu jamoa asosan mahalliy yoshlardan iborat bo‘lib, hali bu jamoaga xotin-qizlarni tanlab olish davom etmoqda.

Bugun  “Qo‘qon-1912”  futbol klubi qoshida tashkil etilgan xotin-qizlar jamoasi o‘zining dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Raqib sifatida “Qo‘qon-1912” futbol maktabining 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalari  tanlab olindi. Aytish joizki Mirolimov  jamoasidagi futbolchilar asosan 1998-2002 yillarda tug‘ilgan qizlardan iborat.

Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan uchrashuv 6-4 hisobida qizlarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda Gulzoda G‘ulomqodirova, Vazira Mirzakamolova , Gulira’no Hasanovalar o‘zlarining chiroyli o‘yinlari va kiritgan gollari bilan mutaxasislarda yaxshi taassurot qoldirishdi.

Nazorat uchrashuvini “Qo‘qon-1912”  futbol klubi vise-prezidenti B Tolipov boshchiligidagi  jamoa  rahbariyati kuzatib borishdi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:02, 02.12.2017.
O'qildi: 2790 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик