Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FF rahbariga «Neftchi» jamoasi muxlislaridan murojaatnoma!

O‘FF rahbariga «Neftchi» jamoasi muxlislaridan murojaatnoma!

Baho:
+ | -

Siz O‘FFga prezident bo‘lib saylanganingizdan keyin, futbol muxlislari juda ham xursand bo‘lishgandi. Jumladan, sizning O‘FFda endi shaffoflik bo‘lishini ta’kidlaganingizda juda quvongan edik.

Shu kunga qadar federasiya bir qator xodimlarini iste’foga chiqarib, ishqibozlar orasida katta obro‘ga ega bo‘layotgan edingiz. Ammo sizning so‘nggi - kelasi yildan Super ligada 12 jamoa ishtirok etishi haqidagi qaroringiz biz muxlislarni juda ranjitdi.

Hozir bizlar chinakamiga shok holatdamiz. Negaki, O‘zbekistoning besh karra chempioni, mamlakatning eng sovrindor klubi bo‘lmish – Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi keyingi mavsumni Pro ligada o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Bu esa bir qator muammolarni keltirib chiqarishi tayin. Farg‘onada Super Liga bo‘lmagach, xomiylar ham bu jamoaga u qadar jiddiy e’tibor berishi shubha ostida qoladi. Natijada “Neftchi”dek jamoaning yo‘q bo‘lib ketishi ham hech gap emas. Ishqibozlar esa bunga aslo ko‘z yumib tura olmaydi.

Xurmatli Umid Maxamatjonovich!   Biz vodiylik muxlislar futbolni juda sevamiz. Jamoalarimiz g‘alaba qozonsa bayram qilamiz, mag‘lub bo‘lsa   g‘am chekamiz. Futbol bizning hayotimiz, shodligimiz, g‘am-g‘ussamiz.

Jamoamizning bunday adolatsiz tarzda Pro ligaga surgun qilinishi natijasida Farg‘ona viloyatidek katta hudud millionlar o‘yinidan uzilib qoladi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev  aytganlaridek, "rahbar birinchi o‘rinda xalqni rozi qilishi kerak". Shunda fayz va baraka bo‘ladi. Xalqni norizo qilganlar esa uzoqqa bormaydi. Biz mazkur murojaatnomada ochiq fikr bildirishni joiz deb bildik.

Biz bu qarordan norozimiz!

Qarorni tayyorlash va qabul qilish oldidan federasiya rahbarlari joylarda bo‘lib, viloyat va shahar futbol federasiyalari mutaxassislari, Super liga va Pro liga jamoalarining murabbiylari bilan maslahatlashganlarida yaxshi bo‘lar edi. Afsuski, bunday qilinmadi. Poytaxtdagi futbol mutaxassislarining fikrlarigina eshitildi.

Shuningdek, Jizzaxning “So‘g‘diyona”, Samarqandning “Dinamo” kabi klubilari ham shu kuyga tushishlari mumkin.  Hokimiyat qaramog‘idagi jamoalarga qiyin bo‘ladi.

Super Ligada 7-9 milliard so‘m atrofida pul sarflayotgan bo‘lsa, Pro Ligada 2 milliard so‘m mablag‘ bilan cheklanish mumkin. Rahbariyatga esa kam pul ketgani afzal. Shu bois, ko‘plab jamoalar Pro Ligada qolib ketishadi.

Agar O‘FF chindan ham mamlakatimizda futbolni rivojlantirshmoqchi bo‘lsa, kuchlilar safidagi jamoalar sonini oshirishi kerak. Futboli rivojlangan mamlakatlarda qarang, chempionatda 20 ta jamoa ishtirok etadi.

Yana bir gap, 12 ta jamoa qatnashadigan chempionatlar hali Jahon futbolida yaxshi natijalarni qayd etgan emas. Bunga bir qancha misollar keltirish mumkin. Sizdan iltimos qilamizki, O‘FF chiqargan qarorini bekor qilib, Super Ligadagi jamoalar sonini oshirishi kerak. Aks holda O‘zbekiston futboli yana orqaga qarab ketishi tayin.

Agar jamoamiz kuchlilar safida qolsa, sizga ishontirib aytamizki, keyingi mavsumda yana bir grand klub Super Ligada paydo bo‘ladi.

Ikkinchi davrada jamoaga kelgan murabbiy asosan maxalliy yoshlarni tarbiyalab yangi mavsum uchun poydevor hozirlayotgan edi.

Ana shu farg‘onalik iqtidorlar negizida keyingi mavsumda kuchli jamoani tuzish rejalashtirilgandi.

Faqat "Neftchi" Farg‘ona emas, bir vaqtlar O‘zbekiston poytaxti bo‘lgan, hozirgi vaqtda aholi ko‘pligi va iqtisodiyot jihatda respublikada yetakchi o‘rinda turadigan Samarqand xamda Jizzah viloyatida ham futbolni ommalashtirish saviyasi pasayib ketadi.

Agar bizdek oddiy xalqning fikr mulohazalari, e’tiroz va munosabatlari Sizga qadar yetib borsa, hamda fikrlarimizni e’tiborga olsangiz boshimiz osmonga yetar edi!

Farg‘ona halqini katta futbolsiz qolish yoki qolmasligi sizning hukmingizda deb bilamiz. Farg‘onaliklar sizdan quvonchli qaror kutamiz!

Ko‘p sonli farg‘onalik muxlislar nomidan Abdurahim ALAMOV.

"Futbol Ekspress" gazetasi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:32, 04.12.2017.
O'qildi: 8192 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.