Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ilyos Zeytullayev: "Yoshim ikki yilga o‘zgartirilgan, buni aytishdan qo‘rqmayman..."

Ilyos Zeytullayev: "Yoshim ikki yilga o‘zgartirilgan, buni aytishdan qo‘rqmayman..."

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamaosining sobiq o‘yinchisi, "Yuventus" va Italiyaning bir qator klublarida to‘p surgan hamyurtimiz Ilyos Zeytullayev rossiyalik jurnalist Denis Romensevga bergan intervyusida o‘z vaqtida yoshi kichraytirilganini tan oldi.

- Bir necha yil avval sizning yoshingiz aslida kattaroq va 1984 yildan avval tug‘ilganingiz haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

- Ha, hayotimda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yganman, mening tug‘ilgan yilimni o‘zgartirishgan, ammo u vaqtda bu narsani anglamagan juda yosh bola edim. Men voyaga yetmagan edim. Men 7-8 yashar edim. Haqiqatni aytar ekanman, yosh futbolchilar buni takrorlamasliklarni istardim. Yosh o‘zgartirish - butun postsovet mamlakatlari futboli uchun katta minus. Bu noto‘g‘ri narsa - chunki butun umr o‘zingdan kichiklar bilan o‘ynaysan, o‘smaysan. Sen qandaydir o‘smirlar musobaqasida g‘olib chiqishing mumkin ammo yaxshi futbolchi bo‘lib yetishmaysan. Aldov bilan uzoq muddatli zafarlarga erisholmaysan.

- Yoshingiz necha yilga o‘zgartirilgan?

- Ikki yilga. Buni tan olishdan qo‘rqmayman. Odamlar "aqldan ozdingmi, nega buni aytding" deyishlari mumkin. Ammo men o‘z misolimda futbolimizga yaxshi ta’sir qilmoqchiman. Odamlar men haqimda nimalar deyishlarining qizig‘i yo‘q. O‘g‘lim katta bo‘lsa otasining obro‘si bulg‘anmasin.

Har bir insonda aytar gap bo‘ladi. Ammo qo‘rquv tufayli aytmaydi, chunki uni qamashlari va ustidan kulishlari mumkin. Hamma dunyo buzilib ketyapti deb gapiradi, ammo hech kim bunga qarshi harakat qilmaydi. Har bir insonda ichki o‘zgarishlar bo‘lishi kerak. Shunda atrofimizdagi dunyo o‘zgaradi, - deydi Zeytullayev.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:19, 05.12.2017.
O'qildi: 9713 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.