Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Ayollar futboli. Olimpiya terma jamoasiga nomzodlar saralab olinadi

Ayollar futboli. Olimpiya terma jamoasiga nomzodlar saralab olinadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mamlakatimizda ayollar futbolini rivojlantirish, ular o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Shu bilan birga futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasining xalqaro maydonlarda, Osiyo va Jahon chempionatlarida, shuningdek, Olimpiada musobaqasida ishtirokini ta’minlash federasiya oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. 

Olimpiya terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida, dekabr oyida poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” sport bazasida ikkita o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. 

Dastlabki yig‘in 8-12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tsa, ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 12-17 dekabr kunlariga mo‘ljallangan.

Ushbu yig‘inlarda "Andijanka", "Bunyodkor", "Olmaliq", "Lokomotiv", Paxtakor", Navbahor", "Metallurg-W", "Sevinch", "Sho‘rtan-Ledi", "Mash’al-W", "Buxoro", "Dinamo Samarqand", "Sevinch-2" jamoalaridan taklif etilgan jami 70 nafarga yaqin futbolchi qizlar bosh murabbiy Karima Yo‘ldosheva boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan saralab olinadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 12:02, 08.12.2017.
O'qildi: 2043 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик