Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Bolalar futboli tezkor islohotlarga muhtoj...mi?!

Bolalar futboli tezkor islohotlarga muhtoj...mi?!

Baho:
+ | -

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo qaysi klubni boshqarishidan qat’iy nazar natija uchun har ishni qilishga tayyorligini barcha biladi.

Albatta, uning uslubi har doim futbol qonunlari doirasida.  Tajribali mutaxassis jahon futboliga “avtobus” usulini olib kirdi. Uning mazkur tizimiga hali ham yechim topilmagan.

Aytingchi, siz o‘z farzandingizni qachon futbolga berganingizni eslay olasizmi?! O‘shanda uni katta futbolchi bo‘lib, elimiz suyib ardoqlaydigan darajaga yetib borishini xohlagansiz-a!!!

Bolalar futboli haqida gap ketar ekan, avvalo yosh bolakayning yillar davomida keng ko‘lamdagi mashg‘ulotlar o‘tagani, ter to‘kkani, murabbiyning “dakki”larini eshitishini ko‘z oldingizga kelishi, shubhasiz.

Darhaqiqat, bolalar futboli – professional futbolning negizi. Har bir davlat futbolining asosiy poydevori. Uyni poydevorsiz, katta futbolni ham bolalar futbolisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki mana-man degan jahon futbol yulduzlari ham o‘z vaqtida bolalar futbolida to‘p surishgani hech kimga sir emas.

Yuqorida Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi ustozi Joze Mourinyoning bugungi faoliyati haqida gapirdik. Uning jamoasi aksariyat o‘yinlarda “avtobus” bilan o‘ynaydi. 90 daqiqa himoyalanib, bir marta ham hujumga o‘tmasdan natijani qo‘lga kiritganini ko‘p ko‘rganmiz.

Bu esa aslo noqonuniy emas. Halqimizda “guruch kurmaksiz bo‘lmaydi”, degan naql bor. Yurtimizda shunday murabbiylar borki, soxta yo‘llar bilan yuksak natijalarga erishishga harakat qiladi.

Qaltis yo‘l tanlash orqali jiddiy jazoga duchor bo‘ladi. O‘tgan oy oxirlarida qadimiy Buxoro shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan mamlakat birinchiligida qayd etilgan holat ko‘pchilikni ajablantirdi...

Aslida o‘zim anchadan beri mamlakatimiz miqyosida o‘smirlar o‘rtasida kechadigan futbol uchrashuvlarini kuzatib kelyapman. Shu kunga qadar Toshkent, Urganch, Farg‘ona, Namangan shaharlarida o‘tgan respublika birinchiliklarining bevosita voqea joyidan tomosha qilganimga ming bor pushaymon bo‘ldim.

Nega desangiz, musobaqa bosh hakamining o‘z ishiga panja orasidan qarashi, shaxsiy manfaatini millat futboli kelajagidan ham ustun qo‘yishi, kelajagimiz vorislarining mehnatini oyoq-osti qilishi, tashkilotchilik borasida no‘noqligi, noxolis hakamlik va shunga o‘xshash muammolarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Bunga asoslar yetarli, albatta. Masalan, shu yilning may oyida Toshkent shahrida 2002 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan O‘zbekiston chempionatida Toshkent va Sirdaryo viloyatlari jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishgandi.

Mazkur bahsni boshqargan toshkentlik bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov uchrashuv davomida 23 bor o‘ta qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yib, ochiqdan-ochiq sirdaryolik yosh futbolchilarning “qulog‘idan” tortib, chorak final yo‘llanmasiga olib chiqqandi. Ushbu bahs yakuniga yetgach, poytaxt viloyati jamoasi a’zolarining yig‘laganini ko‘rgandim.

Tabiiyki, o‘sha o‘yin DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:56, 11.12.2017.
O'qildi: 1904 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.