Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Futzal bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari taqdirlandi

Futzal bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari taqdirlandi

Baho:
+ | -

Shu yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Taylandda U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Vakillarimiz musobaqaning "V" guruhida ishtirok etib, guruhda Shvesiyani 5:3, Indoneziyani 17:2, Kuvaytni 9:2 hisobida mag‘lub etishdi.YArim finalda esa musobaqa favoriti sifatida e’tirof etilayotgan Rossiya terma jamoasi 3:2 hisobida taslim etildi.
Finalda Shvesiyaga qarshi o‘yin o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, Jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘lishdi.

Bugun O‘zbekiston Futbol Federasiyasida Jahon chempionlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyati, terma jamoa murabbiylari, futzalchilar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.

Jahon chempionatida yuksak g‘alabaga erishib, Vatanimiz bayrog‘ini balandga ko‘targan quyidagi futzalchilar va murabbiylarga O‘FF prezidenti nomidan vise-prezident Shoakrom Isroilov esdalik sovg‘alari topshirdi:

1.Obidov Mirazamat Rashid o‘g‘li
2.Norxo‘jayev Xo‘jamurod Axrolxo‘ja o‘g‘li
3.G‘oyibov Rustambek Fayzulla o‘g‘li
4.Sobitbekov Jaloliddin Farrux o‘g‘li
5.Qarshiyev Jaloliddin Baxodirovich
6.Abdullayev Farrux Sa’dullo o‘g‘li
7.SHarafiddinov Davronbek Baxromjon o‘g‘li
8.SHokirjonov Akobirjon Shavkatjon o‘g‘li
9.Tolipov Habibullo Shokirovich
10.Ikramov Mirzabek To‘lqunovich

Murabbiylar
Ahmedov Murodjon Husnutdinovich - bosh murabbiy
Ahmedov Hakim Husnutdinovich - yordamchi murabbiy
Berdiyev Rustam Axnazarovich - yordamchi murabbiy
Krovov Anatoliy Nikolayevich - Menedjer

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqa g‘olibligidan tashqari, turnirning "Eng yaxshi darvozaboni" va "Eng yaxshi to‘purari" nominasiyalarida ham tengsiz deb topilishganini alohida ta’kidlash kerak.

U-18 World Deaf Futsal Championship musobaqasi endi 2021 yili Xitoyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:11, 15.12.2017.
O'qildi: 4539 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.