Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad 3-1 Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

O‘FFda milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klublar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FFda milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klublar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining majlislar zalida federasiya va PFL rahbariyati hamda milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klub rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi. 

Kun tartibidagi masalalar qatoridan 2018 yil Superliga va Pro-ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yiladigan talablarning qay tarzda bajarilayotgani, kelasi mavsumdan boshlab Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati nazorat qilib borilishi kabi masalalar o‘rin oldi. 

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Futbol Federasiyasi vise-prezidenti Shoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o‘zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Superligada ishtirok etadigan klublar futbolchilarining jismoniy tayyorgarlik holatiga nisbatan ham alohida talablar belgilab, mazkur talablarni bajarilishi bo‘yicha 2-bosqichda monitoring ishlari amalga oshirilishi haqida xabar berdi.

Birinchi bosqichda maxsus test sinovlari orqali futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik holati o‘rganilsa, ikkinchi bosqich mavsum boshlanishidan avval o‘tkazilib, ushbu bosqichda futbolchilarning belgilangan normativlarni bajara olish yoki olmasligi ko‘rib chiqiladi. Belgilangan normativlarni bajara olmagan klub futbolchilari 2018 yil mavsumida ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. 

Shundan so‘ng, PFL bosh direktori Omon G‘ofurov so‘z olib, milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar murabbiylari va xodimlarining malakasini oshirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.

Jumladan, shu yilning 20-21 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida joylashgan “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar shifokorlari uchun seminar tashkil etiladi. 2018 yilning yanvar oyida esamilliy chempionatimizda ishtiroketayotgan klublar murabbiylari Janubiy Koreyaning Key-ligasida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, futboli rivojlangan Yevropa davlatlarida ham klublar murabbiylari va xodimlari uchun mana shunday seminarlar tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani haqida qo‘shimcha qildi. Bu chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, o‘zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqish ekani alohida ta’kidlandi. 

Majlis so‘ngida milliy chempionatimizda ishtirok etadigan klublar PFL tomonidan qo‘yilgan talablarni o‘z vaqtida bajaralishini ta’minlash zarurligi, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida PFLga hisobot berib turilishi kerakligi yana bir bor ta’kidlandi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:20, 15.12.2017.
O'qildi: 4347 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.