Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasi vise-prezidenti Gorasio Paolini “Shanxay Shenxua” jamoasi hujumchisi Karlos Tevesning klubga qaytishi borasidagi ma’lumotlarni rad etdi.
“Boka Xuniors” – ushbu holat bo‘yicha uzr so‘raydi – biz Karlos Teves bilan kelajagi borasida gaplashmaganmiz.
Barcha muzokaralar uning ayni damdagi jamoasi va futbolchi o‘rtasida shartnoma borasida o‘tgan bo‘lishi mumkin”, - deydi Paolini.
Oldinroq “Boka Xuniors” prezidenti Tevesning jamoaga qaytishi deyarli aniq bo‘lgani haqidi ma’lumot bergandi.