Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Zavisha Milosavlevich Andijonda bo‘lib, bolalar futboli bilan yaqindan tanishdi

Zavisha Milosavlevich Andijonda bo‘lib, bolalar futboli bilan yaqindan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shu yilning 18 dekabr kuni bolalar futboli bo‘yicha serbiyalik mutaxassis Zavisha Milosavlevich poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

U O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining dasturini taqdim etdi.

Zavisha Milosavlevichning dasturi O‘FF rahbariyatiga ma’qul kelsa, u 3-hudud hisoblangan vodiyda (Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida) ish olib boradi.

Zavisha Milosavlevich hududlardagi bolalar futboli murabbiylari bilan uchrashish, u yerdagi holatni o‘rganish maqsadida, Andijon shahriga jo‘nab ketgandi.

Serbiyalik mutaxassis Andijonda bolalarning futbol bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Futbol maktablari tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.SHuningdek, bolalar futboli bo‘yicha ish olib borayotgan murabbiylarga o‘z dasturini taqdim etdi.

Shuningdek, bugun bolalar futboli bo‘yicha ispaniyalik mutaxassis, "Real Madrid" akademiyasida faoliyat yuritgan Kiko Zuniga poytaxtimizga tashrif buyuradi. U kun davomida O‘FF rahbariyati bilan uchrashib, yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:18, 20.12.2017.
O'qildi: 1691 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик