Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Murod Aliyev: «Normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak»

Murod Aliyev: «Normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

«Bunyodkor» klubi bosh direktori Murod Aliyev O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“O‘zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyatining asosiy maqsadi bitta – bu ham bo‘lsa yurtimizda futbolni rivojlantirish. Ana shu yo‘lda federasiya rahbariyati tomonidan bir qator islohotlar o‘tkazilmoqda. Klublar, murabbiylar, futbolchilar oldiga jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Bir tomondan olib qaraganda, bu talablar juda ham qat’iydek tuyuladi. Boshqa tomondan esa bu talablar o‘rinli. O‘tgan 26 yil davomida terma jamoamiz Jahon chempionati va Olimpiadaga chiqa olmadi. Vaqt o‘tyapti, muxlislar kutyapti, xalq kutyapti, lekin natija yo‘q. Vaziyatning o‘zi o‘zgarishlarni talab qilmoqda.

Masalan, klublarni lisenziyalash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablardan biri bu har bir klubning o‘z akademiyasi bo‘lishi. Bu juda to‘g‘ri talab. Hozirgi kunda yosh futbolchilarimizni mahoratini oshirmasak, ularni to‘g‘ri saralab ololmasak, yaxshi natijaga erishib bo‘lmaydi.

Yana bir masala, Superligada 12ta klubning ishtirok etishi. Bu chempionatimizning saviyasini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohot. Milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan ayrim jamoalarda formatning o‘zgarishi nega oldinroq e’lon qilinmadi, degan ma’noda e’tiroz bo‘lyapti. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Agar mavsum yakuni bo‘yicha Oliy ligada 12ta jamoa qolishi avvalroq e’lon qilinganda, “Neftchi” kabi quyi o‘rinlarda borayotgan jamoalar boshqacharoq o‘yin namoyish qilgan bo‘larmidi? Har bir jamoa professionallikka intilib, o‘zi ishtirok etayotgan chempionatda faqat yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kerakmasmi?

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan yana biri bu Superligada ishtirok etadigan jamoa futbolchilaridan normativlar qabul qilish. Bunday normativlarni qabul qilish, futbolchilar jismoniy holatini nazorat qilish umuman olganda birinchi navbatda har bir jamoaning o‘zi uchun muhim. Oxirgi o‘yinlar futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi past ekanini ko‘rsatib bermoqda. Shundan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak.

Kelasi mavsumda bizni yangilangan chempionat kutmoqda. Men shu o‘rinda muxlislarga murojaat qilmoqchiman. Stadionlarga kelinglar, futbol birinchi navbatda Siz muxlislar uchun. To‘g‘ri, ba’zan Siz muxlislik qiladigan jamoangiz mag‘lubiyatga uchrashi, kutilgan natijani qayd qila olmasligi mumkin. Mana shunday paytlarda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi juda muhim. Futbol baribir muxlislar bilan go‘zal”, - deydi “Bunyodkor” klubi bosh direktori Murod Aliyev.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 01:12, 21.12.2017.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.