Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Oilasini sportda topgan sohibjamol (fotogalereya)

Oilasini sportda topgan sohibjamol (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Shtefani Graf XX asrning eng mashhur va ko‘p mukofotlarni qo‘lga kiritgan tennischisi hisoblanadi. Nemis sportchisi 22 ta rekordli g‘alabani qayd etgan. U Katta shlem turnirining eng omadli vakillaridan biri hisoblanadi. O‘yin uslubi, tezkor xatti-harakati va kurashuvchanligi tufayli Shteffi Grafni «tennis mashinasi» deb atashgan va atab kelishmoqda. MASHHURLIK SARI

Shtefani Mariya Graf 1969 yilning 14 iyunida Bryul shahrida tug‘ilgan. Onasi uni yoshligida «Shteffi» deb chaqirgan va sportchi aynan shu ism bilan tanilgan. Graf 3 yoshida katta sport sari birinchi qadamini qo‘yadi. Uning tennisdagi birinchi murabbiyi otasi bo‘lgan. 12 yoshida Graf tennis bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta boshlaydi. 1982 yilda esa professional tennischi sifatida tan olinadi. Uning mashhurlikka burkangan davri 1987 yilning 17 avgustidan boshlanadi, aynan shu kuni u dunyoning 1-raqamli tennischisiga aylanadi.

AQL BOVAR QILMAS YIL

1988 yil tennisda faqat bitta sportchi — Shteffi Grafga ataldi. Shu yili u «Katta shlem» turnirining g‘olibiga aylandi (Rolan Garros, Uimbldon, Avstraliya va AQSH ochiq chempionatlarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi). Shuningdek, Graf Umbldonning juftlik bahslarida Gabriela Sabatini bilan juftlik hosil qilib, g‘oliblikka erishdi. Aynan shu yili germaniyalik sportchi Seulda Olimpiada o‘yinlari chempionligini ham tantana qildi. Shuningdek, aynan Seuldagi turnirning juftlik bellashuvlarida bronza medal sohibasiga aylandi. Shteffi dunyoning eng kuchli sportchisi nomiga ham munosib ko‘rildi. To‘g‘ri, Graf butun faoliyati davomida, ayniqsa, o‘sha 1988 yildan keyin ham ko‘plab yutuqlarga qo‘lga kiritdi, ammo keyinchalik hech qaysi yilda 1988 yildagidek muvaffaqiyatga erisha olmadi. Hatto keyingi yillarda sayyoramizning tengsiz sportchisiga aylangan bo‘lsa ham. Shundan keyin tennischi «Katta shlem» turkumiga kiruvchi musobaqalarda omadli ishtirok etdi, ammo «Rollan Garros» turnirining dramatik tarzda kechgan final o‘yinida ispaniyalik raqibi Arancha Sanches-Vikarioga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Aynan ana shu ispaniyalik tennischi Fransiya ochiq chempionatida Grafning asosiy raqiblaridan biri sifatida e’tirof etildi. Biroq bu safar omad Grafga kulib boqdi. «Nemis mashinasi»dan mag‘lub bo‘lgach, Arancha Shteffi haqida shunday degandi: «Uni hech kim hech qachon to‘xtata olmaydi. Men Yaratgandan faqat bitta narsani — Shteffining tezroq turmushga chiqib, kortni tark etishini so‘ragan bo‘lardim». Davomi

 

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 12:22, 21.12.2017.
O'qildi: 19321 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.