Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Fernando Moryentes “Barselona” klubi a’zolari raqibga xurmat ko‘rsatishlari va bahs boshlanishidan oldin chempionlik yo‘lini ochishlari kerakligini aytdi.
“Bu yozilmagan qonun. Buni qilish majburiy emas, ammo hurmat bo‘lishi lozim. Bu harakatlar kelajak avlodga o‘rnak bo‘lishi mumkin.
“Barselona”dagilar “El Klasiko”dan oldin chempionlik yo‘lini ochishlari lozim. Albatta, bunday bo‘lishi qiyin”, - deydi Moryentes.