Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

Superliga klublarining shifokorlari Dohada maxsus o‘quv-seminarida ishtirok etishdi

Superliga klublarining shifokorlari Dohada maxsus o‘quv-seminarida ishtirok etishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superligasi ishtirokchi klublari shifokorlari Doha shahridagi “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida tashkil etilgan maxsus o‘quv-seminarda ishtirok etishdi. 

 O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Qatar Futbol Assosiasiyasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad at-Taniy o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘quv-seminari 2 kun davom etdi va unda “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari o‘zbekistonlik shifokorlariga sport tibbiyotida qo‘llanilayotgan yangi vositalar, davolash uslublari, futbolchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilib borishda ahamiyat berish kerak bo‘lgan muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

 - Bunday seminar tashkil etilganidan juda mamnun bo‘ldik. Seminar davomida “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari bizga sport tibbiyoti sohasidagi so‘nggi yangiliklar hamda futbolchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilish borasida kerakli tavsiyalarni berishdi. O‘z malaka va ko‘nikmalarimizni yanada boyitib olish imkoniga ega bo‘ldik, - dedi “Lokomotiv” PFK bosh shifokori Abror Pirriyev.

 Ta’kidlash joiz, 20–21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan seminarda qatnashgan shifokorlar ertaga yurtimizga qaytib kelishadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:19, 22.12.2017.
O'qildi: 1354 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.