Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Bir vaqtlar «Manchester Yunayted» katta xato qilgan

Bir vaqtlar «Manchester Yunayted» katta xato qilgan

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiysi Rayan Giggzning aytishiga ko‘ra, u rahbariyatga hali mashhur bo‘lmasidan oldin Gabriel Jezus va Kilian Mbappelar bilan shartnoma imzolash kerakligini aytgan.

“Uch yil oldin Gabriel Jezusning o‘yinini ko‘rgandim. Shuningdek, Mbappeni doimiy kuzatib borardim. Ularning bahslariga skautlar bilan borganimizda, faqatgina bir gap bo‘lgandi: “Ularni olish kerak”.

O‘sha vaqtlarda bu ikki futbolchini tezroq sotib olish yoki ijarada foydalanishni tavsiya qilgandim. Ularning transfer narxlari uzog‘i bilan 5 mln funt bo‘lishi mumkin edi. Biroq o‘sha vaqtlarda kadrlar bilan ishlashda katta xatoga yo‘l qo‘yganmiz”, - deydi Giggz.

Jezus 2017 yilning yanvarida “Palmeyras”dan “Manchester Siti”ga o‘tgandi. U bu mavsumda 16 o‘yinda 8 gol urib, 3 samarali pas berishga erishgan.

Mbappe shu yilning yozida “Monako”dan PSJ a’zosiga aylandi. Kilian bu mavsumdagi 14 bahsda 8 tadan gol urib, shuncha golga assistentlik qilgan.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 18:49, 22.12.2017.
O'qildi: 8580 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик