«Barselona» hujumchisi Lionel Messi "el-klasiko"lar tarixida eng yaxshi to‘purar bo‘lish bilan birgalikda, u "Santyago Bernabeu"da gol urish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi.
Kecha Madridda bo‘lib o‘tgan "Real"ga qarshi bahsda argentinalik futbolchi penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasining bir goliga assistentlik qildi. Natijada u umumiy hisobda "klasiko"lardagi 25, "Santyago Bernabeu"da kiritgan 15-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Demak, Messi "Santyago Bernabeu"ni yaxshi ko‘radi, bu stadionga u doimo o‘z nomini yozib qo‘yadi.