Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Oliy liga: oxirgi 8 yil to‘purarlari

Oliy liga: oxirgi 8 yil to‘purarlari

Baho:
+ | -

So‘nggi 8 mavsum statistikalarini umumlashtirsak, atigi 11 nafar futbolchi 50tadan ko‘proq gol urgani oydinlashadi.

Buni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ko‘rsatkichlariga taqqoslamasak ham, to‘purarlarimizga barqarorlik yetishmayotgani shundoq ko‘rinib turibdi.

Shuncha muddatda 50ta gol marrasidan oshganlar orasida faxriy hujumchi, oxirgi mavsum birinchi ligada o‘ynagan Anvar Berdiyev ham bor. Oliy liga-2017 to‘purari Marat Bikmayev esa bu yilgi 26ta goli evaziga elit ro‘yxatga qo‘shildi.

Legioner to‘purar. 33 yoshini qarshilagan turkmanistonlik Artur Gevorkyan «Nasaf»da o‘tkazgan 6 mavsumida 64ta gol urgandi. U ayniqsa, chempionat-2014da o‘ta samarali o‘ynagan - barcha uchrashuvlarda to‘liq vaqt harakatlanib, 18ta golga mualliflik qilgandi.

Ikki klubli goleador. 2012, 2013, 2015 va 2016 yilgi mavsumlarda 2tadan jamoa sharafini himoya qilgan Mo‘ydin Mamazulunov so‘nggi 8 yilda jami 68ta goldan xirmon yasadi.

Golli seriya. 1987 yilning 6 oktyabr kuni Serbiyaning Kikin shahrida tug‘ilgan va so‘nggi 2 mavsumdan buyon «Nasaf» sharafini himoya qilayotgan hujumchi Dragan Cheran chempionat-2017 finishidagi 5ta o‘yinda uzluksiz gol urdi, ya’ni maydonni golsiz tark etmadi.

Umidli to‘purar. 1996 yilning 24 iyulida tug‘ilgan bekobodlik Dostonbek Hamdamov oxirgi 4 mavsumda «Bunyodkor» uchun 37ta gol urish barobarida 14 marta sariq kartochka oldi. U oliy ligadadagi 37-golini 25 noyabr kuni «Lokomotiv»ga qarshi kechgan o‘yinda nishonladi.

Oxirgi 8 mavsum to‘purarlari (umumiy hisobda) DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:03, 24.12.2017.
O'qildi: 3256 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.