“Barselona” a’zosi Arda Turan faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Turan joriy mavsumda “Barselona” safida biror marta ham maydonga tushmadi. U yanvarda “Beshiktosh”ga o‘tmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu boradagi muzokaralar deyarli hal bo‘lgan, ammo “Beshiktosh” yakuniy qarorini qabul qilgani yo‘q.
Turan, aslida, “Galatasaroy” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.