Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Rustam Ashurmatov: «Mirjalol Qo‘shoqovich tajribali va talabchan murabbiy»

Rustam Ashurmatov: «Mirjalol Qo‘shoqovich tajribali va talabchan murabbiy»

Baho:
+ | -

Yakunlangan mavsum «Bunyodkor» uchun tekis o‘tgani yo‘q. «Qaldirg‘ochlar» chempionatni 4-o‘rinda yakunlab, sovrinsiz qolishdi. Boz ustiga, O‘zbekiston kubogi final uchrashuvida tashabbusga ega bo‘la turib, «Lokomotiv»ga imkoniyatni boy berishdi.

Oqibatda OCHL yo‘llanmasi «Paxtakor»ga nasib etdi. Xullas, «Bunyodkor» o‘z tarixida ilk bor qit’aning eng nufuzli klublar turnirida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Bunga birinchi davrada me’yoridan ko‘p ochko yo‘qotilgani sababdir. Jamoaning iste’dodli himoyachisi Rustam Ashurmatov bu borada qanday fikrda? Qiziqsangiz, marhamat, uning intervyusiga e’tibor qarating.

- Rustam, «Bunyodkor» mavsum uchun qo‘yilgan vazifalarni bajarolmadi. Yakunda sovrinsiz qolish alam uyg‘otgandir...

- Ha, bu juda alamli. Aslida sovrin yutishga munosib edik. Har holda, yil davomida, ayniqsa, ikkinchi davrada qattiq ishladik. Ammo futbol shunaqa - kimdir yutadi, boshqasi yutqazadi.

Nachora, kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, endi kelasi mavsumga yanada jiddiyroq yondashamiz. Xullas, nasib qilsa, faqat chempionlik uchun kurashamiz.

- «Lokomotiv»ga qarshi kechgan o‘yinlarda mag‘lubiyatni tan oldinglar. Bu joriy mavsum «temiryo‘lchilar» sizlardan darhaqiqat, ustun bo‘lishganidan ishorami?

- «Loko» bejiz qatorasiga ikkinchi marta chempionlik shohsupasiga ko‘tarilmadi. Lekin shaxsiy fikrimni bildirsam, o‘zaro o‘yinlarimizda «Lokomotiv»ga shunchaki, omad ham kulib boqdi. Ayniqsa, kubok finalida. Axir gol urish uchun bizda ko‘proq imkoniyat yuzaga kelgandi.

- Jamoaga Mirjalol Qosimov qaytganidan so‘ng o‘yin sifati ham, natija ham yaxshilandi. U futbolchilarni qay tarzda ruhlantirdi, nimalarni o‘zgartirdi?

- Mirjalol Qo‘shoqovich tajribali va talabchan murabbiy, qaysi payt qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi biladi. Eng katta plyusi ham shu - o‘yinlarga to‘g‘ri munosabat.

- Deylik, Qosimov o‘z boshqaruvidagi ilk uchrashuvdan oldin aynan nimalarga e’tibor qaratgandi?

- Birinchi galda, ruhiy tayyorgarlikka. Chunki o‘sha payt omadsizlar sabab, futbolchilarda kayfiyatsizlik sezilayotgandi. So‘zlaridan aniq iqtibos keltirsam, shunday degandi:

«Bunyodkor»dek klubga turnir jadvali pastki pog‘onalarida yurish sira yarashmaydi. Sizlarni bilmadimu, lekin shaxsan men mag‘lubiyatni hazm qilolmayman». Qisqasi, shunday yondashuvni ongimizga singdirishga harakat qildi. Ochig‘i, Mirjalol Qo‘shoqovichning so‘zlari bizga kuchli ta’sir qildi. Bunga ikkinchi davradagi o‘yinlarimiz isbot. 

- Umuman, «Bunyodkor»ga sovrinli o‘rinlardan birini egallash uchun omad yetishmaganidan tashqari, yana qanday omillar to‘sqinlik qildi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:09, 27.12.2017.
O'qildi: 2546 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.