Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

Oliy va birinchi ligalarda o‘zgarishlar kuzatildi, endi navbat ikkinchi ligaga yetib keldi

Oliy va birinchi ligalarda o‘zgarishlar kuzatildi, endi navbat ikkinchi ligaga yetib keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Oldinroq xabar qilinganidek, yangi mavsumda o‘zbek futbolida katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

Unga ko‘ra, oliy ligani Superliga, birinchi ligani esa Pro-liga deb ataydigan bo‘ldik.

Superligada 12 klub g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Pro-ligada esa 16 jamoa yuqori elitaga chiqish uchun musobaqalarni o‘tkazishadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, endi viloyat chempionatlari, ya’ni, ikkinchi ligalarda ham katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Chempionatning ayni damdagi tizimida bir viloyat jamoalari o‘zaro o‘yinlarda qatnashishadi.

Har bir viloyat chempioni birinchi ligaga chiqish uchun o‘tish turnirida ishtirok etishi lozim edi.

Endi esa umuman boshqacha bo‘ladi. Ya’ni, har 3 viloyat jamoalari uchun alohida 4 ta liga vujudga keladi.

Liga 3 viloyatning eng sara 16 jamoalaridan tashkil topadi. Liga g‘oliblari pro-ligaga yo‘llanma oladi.

Hozircha bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan. Ammo, haqiqatga yaqinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi mavsumdan boshlab O‘zbekiston Super ligasida rasman 12 ta jamoa ishtirok etishi haqida xabar bergandik.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 12:52, 27.12.2017.
O'qildi: 3086 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.