Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Islom To‘xtaxo‘jayev: «2018 yil uchun tasdiqlangan reglament – o‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan ulkan qadam»

Islom To‘xtaxo‘jayev: «2018 yil uchun tasdiqlangan reglament – o‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan ulkan qadam»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning professional futbol klublari o‘rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.

2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o‘zgardi va takomillashtirildi. Bu borada qilingan o‘zgarishlar xususida O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” professional futbol klubi a’zosi Islom To‘xtaxo‘jayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Kelasi mavsum uchun tasdiqlangan reglament talab va shartlarini o‘qib, rosti juda xursand bo‘ldim. Zero ushbu reglament o‘zbek futbolini yanada rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan ulkan qadam bo‘ldi, deb hisoblayman. Unga futbolimizni to‘la professional yo‘lda davom etishi uchun zarur bo‘lgan o‘zgarish va yangiliklar kiritilgan.

Misol uchun, endilikda Superligada o‘yinlar eng kamida 18:00da boshlanadi. Bu barcha uchun qulaydir. Futbolchilar ham yozda issiq haroratda emas, balki salqin tushgach o‘ynash imkoniga ega bo‘lishadi. Bu ularning maydonda to‘la kuch bilan harakatlanishiga turtki bo‘ladi. Qolaversa, oddiy muxlis ham bemalol ishdan so‘ng stadionga kelishi mumkin bo‘ladi. Ushbu qarorni to‘la qo‘llab-quvvatlayman.

Yana o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionlar uchun qo‘yilgan talablar kuchaygani ham muhim qarordir. Zero, stadionda futbolchi uchun ham, muxlis uchun ham shart-sharoit yaxshi bo‘lishi lozim. Shunda stadionlarga ishqibozlar tashrifi ham oshishiga aminman.

Yana hakamlar uchun ish haqining oshirilganini ijobiy holat, deb baholayman. Zero ular ham maydonda kam harakat qilishmaydi. Qolaversa, hakamning mas’uliyati juda katta. Agar unga mehnatiga yarasha haq to‘lansa, hakamlar ham o‘yinlarni halol va to‘g‘ri boshqarishadi.

Shuningdek, Superliga klublarining yoshlar tarkiblari o‘rtasida bir nechta yosh toifasida mamlakat birinchiligi o‘tkazilishi hamda klublarning o‘z akademiyalariga ega bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi shart ham juda dadil qadamdir. Bu orqali turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun yaxshi saviyadagi futbolchilar yetishib chiqishi ta’minlanadi.

Umuman olganda, 2018 yil uchun reglament o‘zbek futboli rivojida ancha muhim o‘rin tutadi, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, amalga oshirilayotgan bunday islohotlar futbolimizni yangi bosqichga olib chiqadi", — deydi mahoratli futbolchi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:50, 30.12.2017.
O'qildi: 4654 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.