Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shota Arveladze: "Endi ishqibozlar 12 jamoa ishtirokida yanada qiziqarli uchrashuvlarga guvoh bo‘lishadi"

Shota Arveladze: "Endi ishqibozlar 12 jamoa ishtirokida yanada qiziqarli uchrashuvlarga guvoh bo‘lishadi"

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning professional futbol klublari o‘rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.

2018 yil uchun futbol bo‘yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o‘zgardi va takomillashtirildi. Ushbu o‘zgarishlar haqida “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi – Shota Arveladze o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- Chempionatni yangi formatda o‘tkazish menga ma’qul tushdi. Endi ishqibozlar 12 jamoa ishtirokida yanada qiziqarliroq uchrashuvlarga guvoh bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ikkinchi bosqichdagi har bir bellashuv deyarli finalga teng bo‘ladi. Sovrinli o‘rinlar uchun ham, ligada qolish uchun ham keskin raqobat yuzaga keladi.

Uchrashuvlarning soat 18:00 va undan keyin boshlanishini qo‘llab-quvvatlayman. O‘tgan mavsum juda issiq havoda 17:00da boshlangan o‘yinlarni kuzatdim. Bunday holatda futbolchilar muxlislarga chiroyli futbol taqdim eta olishmaydi. Ishqibozlarning o‘zi ham qulaylikni his qilishmaydi. Maydonlar masalasiga alohida e’tibor berilganini e’tirof etib o‘tardim. Yaxshi maydonda futbol yanada chiroyliroq ko‘rinish oladi.

Tartib-intizom va klublarning shakllanishiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘zbek futboli uchun katta foyda keltiradi deb o‘ylayman, - dedi murabbiy.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:37, 30.12.2017.
O'qildi: 3777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.