Mavsum yakunlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni keltirishda davom etamiz. Xususan, gol+pas ro‘yxatida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega futbolchilar natijalari ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.
Shunday ekan, ham goleadorlik, ham assistentlik borasida maqtovga munosiblar bilan tanishtirishni joiz bildik. Bundan tashqari, qo‘shimcha tariqasida oliy-liga-2017 yakunlari bo‘yicha boshqa qiziqarli faktlarga ham to‘xtaldik.
GOL+PAS
Oliy liga-2017 to‘purari, joriy yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rilgan Marat Bikmayev bu borada hammadan ko‘p ball to‘plab, peshqadamga aylandi. Chempionatda 26ta gol urgan «Lokomotiv» forvardi 4 marta sheriklarini samarali uzatma bilan ta’minlagan.
Ikkinchi pog‘onadan «Nasaf» hujumchisi Dragan Cheran o‘rin egalladi. Chernogoriyalik legioner raqiblar darvozasini 19 marta ishg‘ol qilgani holda, jamoadoshlari urgan 4ta golga hammmuallif bo‘lgan.
«Bunyodkor» vakili Doston Hamdamov esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. «Qaldirg‘ochlar» vingerining hisobida 14ta gol, 8ta samarali uzatma mavjud.
Quyidagi ro‘yxatdan «gol+pas» bo‘yicha kamida 10 va undan ko‘proq ochko to‘plagan futbolchilar joy olishdi.
«Gol-pas» bo‘yicha eng yuqori natija qayd etganlar |
|||||
№ |
Futbolchi |
Klubi |
Gol+pas |
Gollar |
Paslar |
1 |
Marat Bikmayev |
Lokomotiv |
30 |
26 |
4 |
2 |
Dragan Cheran |
Nasaf |
23 |
19 |
4 |
3 |
Doston Hamdamov |
Bunyodkor |
22 |
14 |
8 |
4 |
Bahrom Abdurahimov |
Nasaf |
18 |
10 |
8 |
5 |
Sanjar Rashidov |
So‘g‘diyona |
16 |
14 |
2 |
6 |
Igor Sergeev |
Paxtakor |
15 |
13 |
2 |
7 |
Zohid Abdullayev |
Metallurg |
15 |
12 |
3 |
8 |
Sardor Mirzayev |
Lokomotiv |
15 |
7 |
8 |
9 |
Jaloliddin Masharipov |
Lokomotiv |
15 |
6 |
9 |
10 |
Suhrob Berdiyev |
Qo‘qon-1912 |
14 |
11 |
3 |
11 |
Ivan Nagayev |
Buxoro |
14 |
10 |
4 |
12 |
Aziz Turg‘unboyev |
Navbahor |
14 |
8 |
6 |
13 |
Artur Gevorkyan |
Qizilqum |
14 |
5 |
9 |
14 |
Filipp Rayevas |
Qo‘qon-1912 |
12 |
7 |
5 |
15 |
Ixtiyor Toshpo‘latov |
So‘g‘diyona |
12 |
5 |
7 |
16 |
Bobur Abduxoliqov |
Nasaf |
11 |
8 |
3 |
17 |
Murod Xolmuhammedov |
Qo‘qon-1912 |
11 |
6 |
5 |
18 |
Javohir Qahramonov |
Buxoro |
11 |
5 |
6 |
19 |
Otabek Shukurov |
Bunyodkor |
11 |
5 |
6 |
20 |
Humoyun Murtazoyev |
Mash’al |
10 |
8 |
2 |
21 |
Murod Bobojonov |
Lokomotiv |
10 |
7 |
3 |
22 |
Zafar To‘rayev |
Mash’al |
10 |
6 |
4 |
23 |
Oybek Qilichev |
Navbahor |
10 |
2 |
8 |
BITTA GOL KAM
Yakuniga yetgan mavsumda 34 nafar futbolchi «dubl» muallifiga aylanishdi. Xususan, Humoyun Murtazoyev («Mash’al») va Murod Bobojonov («Lokomotiv») ikkita, Igor Sergeev («Paxtakor») uchta, Dragan Cheran («Nasaf») to‘rtta uchrashuvda gollari sonini juftlab qo‘yishgan.
«Xet-trik» qayd etish esa atigi uch nafar o‘yinchiga nasib qildi. «Metallurg» hujumchisi Zohid Abdullayev «Obod»ga qarshi kechgan bahsda shunday natija qayd etgan bo‘lsa, «Qo‘qon-1912» vakili Suhrob Berdiyev aynan bekobodliklar darvozasini uch marta ishg‘ol qilgandi.
Shuningdek, chempionat to‘purari, mavsumning eng yaxshi futbolchisi Marat Bikmayev ham Samarqandda kechgan «Dinamo» bilan o‘yinda raqib jamoa darvozabonini uch marta ranjitgandi. Bundan tashqari, Abdullayev va Berdiyev bir martadan «dubl» qayd etgan bo‘lsalar, Bikmayev to‘rtta bahsda ikkita gol urgan.
PENALTICHILAR
«Nuqta»dan zarba yo‘llash va undan unumli foydalanish bo‘yicha ham Marat Bikmayevga teng keladigani topilmadi. «Lokomotiv» raqiblari darvozasi tomon belgilangan 7ta penaltini ijro etgan mahoratli hujumchi 100 foizlik ko‘rsatkichga erishib, o‘z nomiga gollar yozdirib qo‘ydi.
«Qo‘qon-1912» sardori Murod Xolmuhammedov esa 5 marta 11 metrli jarima zarbasini ijro etib, barchasini aniq amalga oshirdi. Dragan Cheran va Ivan Nagayev esa bu ishni 4 martadan samarali uddalashgan. Igor Sergeev, Igor Yelich, Ilhom Yunusov hamda Sanjar Rashidov uchta penaltini aniq amalga oshirishgan.
Mazkur holatda «Qizilqum» va «Olmaliq» vakili bir martadan, «So‘g‘diyona» sardori esa ikki marta «nuqta»dan zarba yo‘llashda adashganini ta’kidlash joiz. Shahzod Shaymanov, Sardor Rahmonov va Sherzod Hakimovda 2tadan samarali penalti mavjud.
Shuningdek, 16 nafar futbolchi bir martadan penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsalar, yana 12 nafari 99 foizlik imkoniyatdan unumli foydalana bilishmagan. E’tiborlisi, «Sho‘rtan» hujumchisi Igor Taran 2ta holatda «nuqta»dan zarba yo‘llashda adashgan.
YOSHLIK VA TAJRIBA
Bu jadvalda esa gol urish, assistentlik qilish, sariq va qizil kartochkalarga munosib ko‘rilgan eng yosh va tajribali o‘yinchilar va ularning yoshi bo‘yicha ma’lumot keltirilgan.
Ko‘rsatkich |
Yoshi |
Futbolchi |
Eng yosh gol muallifi |
16,335 |
Oston O‘runov |
Eng tajribali gol muallifi |
35,298 |
Temur Kapadze |
Eng yosh assistent |
19,142 |
Suhrob Nurulloyev |
Eng tajribali assistent |
36,104 |
Davron Karimqulov |
Eng yosh o‘yinchi |
16,260 |
Ibrohim G‘anixonov |
Eng tajribali o‘yinchi |
41,31 |
Akmal Xolmatov |
«Sariq» olgan eng yosh o‘yinchi |
17,226 |
Islom Kenjaboyev |
«Sariq» olgan eng tajribali o‘yinchi |
37,308 |
Hikmat Hoshimov |
«Qizil» olgan eng yosh o‘yinchi |
19,295 |
Islomjon Qobilov |
«Qizil» olgan eng tajribali o‘yinchi |
33,353 |
Kamoliddin Tojiyev |
GOLGA BOY 5 DAQIQALIK
Butun mavsum davom etgan holat chempionat finishida ham saqlanib qoldi: futbolchilar asosan o‘yinning so‘nggi pallalarida darvozalarni ko‘proq ishg‘ol qilishdi.
E’tiborlisi, 85-90-daqiqalarda urilgan gollar soni jami 70tani tashkil etib, bu borada sezilarli tafovut kuzatilgan. Quyidagi infografika orqali bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Izoh: hakam tomonidan belgilangan qo‘shimcha vaqtda urilgan gollar 40-45 va 85-90-daqiqalarga qo‘shib ko‘rsatilgan.
O‘tkir UMAROV