Milanning “Inter” jamoasi hujumchisi Mauro Ikardi “Manchester Yunayted” jamoasi a’zosi bo‘lishi mumkin.
Ayni damda futbolchi jamoasidagi holatidan mamnun. U klub sardori va to‘purari bo‘lib turibdi. Agarda u ketishni istab qolsa, mankunianliklar Ikardiga taklif bilan chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo oldin “Inter”da ham ishlagan.