Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Orzusi ushalgan bolakay (foto)

Orzusi ushalgan bolakay (foto)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangiyo‘llik yosh bolakayning orzusini amalga oshirdi.

Joriy yilning 5 yanvar kuni Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahriga safar uyushtirdi. Unda Shavkat Miromonovich «Fayzli» mahallasida istiqomat qilayotgan axoli bilan uchrashib, turli xil masalalarda suhbatlashdi. Suhbatdoshlardan biri,  yosh bolakay Komiljon Ismoilov Prezidentimiz bilan muloqotda  orzusi «Bunyodkor» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lish ekanligini aytdi. Shavkat Mirziyoyevning  bolakayga «orzuing amalga oshdi deb hisoblayver», deya ishonch bilan ta’kidlashi,  o‘smir futbolchiga olam-olam quvonch ulashdi.

Shundan so‘ng, «Bunyodkor» futbol klubi rahbariyati Yangiyo‘l shahri «Fayzli» mahallasida yashovchi Komiljon Ismoilov bilan bog‘lanib, uni «Bunyodkor» futbol maktabiga taklif etdi. Buyuk futbolchi bo‘lish orzusidagi Komiljon «Bunyodkor» futbol klubiga tashrif buyurdi.

- Prezidentimiz bilan uchrashuv hayotimni butkul o‘zgartirib yubordi. Yangiyo‘lda 3-4 yildan beri futbol bilan shug‘ullanib kelaman. O‘zimni yangi qirralarimni kashf etish va yanada kuchliroq bo‘lish istagida «Bunyodkor» akademiyasida tahsil olish orzularimdan biri edi. Hurmatli Shavkat Miromonovich, menga shunday tuhfa ato qildiki, hozirda juda baxtiyorman. O‘zim «Bunyodkor»ning ashaddiy ishqiboziman! Jamoa tarkibidagi Rustamjon Ashurmatov va Akramjon Komilovning hatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib boraman. O‘ylaymanki, men ham xuddi shu akalarim singari yaxshi futbolchi bo‘lib, Vatanim bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga bor kuchim, iste’dodim bilan harakat qilaman. Menga «Bunyodkor» futbol klubi rahbarlari aloqaga chiqishdi va jamoaga taklif etishdi. Bugundan «Bunyodkor» futbol maktabiga qabul qilindim. Endi bor etiborimni futbol sir-asrorlarini o‘rganishga qaratib, bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman, - deydi yangiyo‘llik 12 yoshli Komiljon Ismoilov.

Manba: bunyodkor.com
Kiritildi: 13:11, 09.01.2018.
O'qildi: 10313 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.