“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar klub bilan shartnomani uzaytirishga tayyor. Bu haqda “Mirror” xabar tarqatdi.
“Men “Chelsi” bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorman. Faqat Kurtuaning qarorini kutyapman. Agar u shartnomasini uzaytirsa, men ham yangi shartnomaga imzo chekaman”, dedi Azar.
Azarning shartnomasi 2020 yil yozida yakuniga yetadi.