Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Ravshan Haydarov: «Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik»

Ravshan Haydarov: «Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoyga qarshi (1:0) Osiyo chempionati “A” guruhi 2-tur uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida g‘alaba oson qo‘lga kiritilmaganini aytdi.

“Bugungi uchrashuvda qo‘lga kiritilgan 3 ochko uchun futbolchilarga rahmat. O‘yin oson kechgani yo‘q, ammo, himoyada yaxshi o‘yin namoyish qila oldik va raqibga gol urish uchun imkon bermadik deyish mumkin.

Raqib bugun yuqori saviyadagi jamoa ekanini isbotladi. Ular ikkinchi bo‘limda ko‘proq o‘yinni nazorat qila olishdi va ko‘p hujumlar uyushtira olishdi. Biz himoyadagi bexato o‘yin bilan ularning hujumlarini to‘xtata oldik”, – deydi Haydarov.

“Birinchi taymda gol urdik va bu o‘yinning borishiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Ikkinchi taymda esa, raqibni qarshi hujumda ushlashga harakat qildik. Reja bo‘yicha o‘yin namoyish etdik, ammo vaziyatlar yarata olgan bo‘lsak ham, ulardan foydalana olmadik. Raqib bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi va ularga buning uchun rahmat. Endi bugungi uchrashuvni tahlil qilib, Ummonga qarshi yanada jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz”, – deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston olimpiya termasi ustozi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 19:47, 12.01.2018.
O'qildi: 5810 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.