Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Bunyodkor»da yoshlar va ayollar jamoalari taqdirlandi

«Bunyodkor»da yoshlar va ayollar jamoalari taqdirlandi

Baho:
+ | -

12 yanvar kuni Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubida yoshlar va ayollar jamoalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor, Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi yosh “qaldirg‘ochlar” 2017 yilgi O‘zbekiston chempionati yoshlar birinchiligi bahslarini a’lo darajada o‘tkazishib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritishgandi. Shuningdek, “Bunyodkor” ayollar jamoasi ham ortda qolgan mavsumni sovrindovlar qatorida yakunladilar. Elmira G‘ulomova boshchiligidagi ayollarimiz chempionat-2017 yakuniga ko‘ra, bronza medallariga ega chiqishgandi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston futbol federasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullayev va “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori Murodjon Aliyev ishtirok etdi.

- 2017 yilda yoshlar jamoamiz bizni juda xursand qildi. Ular mavsumni yaxshi saviyada o‘tkazishib, qator g‘alabalarga erishishdi va yakunda yoshlar birinchiligi g‘olibligini qo‘lga kiritishdi. Kelajagimizni – yoshlar bilan quramiz. Chunki jamoaning ertasi aynan Sizlarning qo‘lingizda. Shuningdek, ayollar jamoamiz tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramasdan ular ilk sovrinlarini qo‘lga kiritishdi. Bu jamoamiz yildan-yilga o‘sib bormoqda. O‘ylaymanki, 2018 yil yakunida ular yanada yuqoriroq marralarni zabt etishadi, - dedi Murodjon Aliyev.

Shundan so‘ng, “Bunyodkor” yoshlar jamoasiga kichik oltin, ayollar jamoasiga bronza medallari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, yaqindagi “Bunyodkor” futbol maktabiga qabul qilingan yangiyo‘llik Komiljon Ismoilovga ham tantanali ravishda jamoa libosi topshirildi.

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda “Mahalla xayriya jamg‘armasi” o‘rtasida o‘zaro memorandum imzolangan edi. Ushbu memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida, “Bunyodkor” futbol klubi ham o‘ziga yaqin bo‘lgan “Navbahor” mahallasi aholisi bilan yaqin munosabatlarni o‘rnatdi. Tadbirga “Navbahor” mahallasi faollari taklif etilib, o‘ziga xos suhbat qurildi. Ko‘pni ko‘rgan, tajribasi katta nuroniy otaxonlarning maslahat va fikrlari tinglandi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 16:26, 13.01.2018.
O'qildi: 1939 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.