Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Futbol zavqi bilan yashaymiz...

Futbol zavqi bilan yashaymiz...

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Yashash nash’asidan qilar bahramand,

Tomoshaning zavqi, sururi ajib.

Futbol shousining kechinmasi zo‘r -

Ko‘ngillarga yayrash etmoqda nasib.

 

Bahslardan olasiz o‘zgacha maroq,

Nashidasi bo‘lak tungi futbolning.

Ko‘zni ham, dilni ham quvontirgan payt

Sehrini anglaysan ajoyib golning.

 

Muxlislar ko‘pincha fol ochar, ammo,

Bashoratlar chiqar aslidan yiroq.

To‘g‘ri, taxminlarga ishqibozlar o‘ch,

Futbolning o‘z hukmi mavjuddir biroq.

 

Millionlar qalbini rom etgan futbol,

Qudratli zaminda fanatlari ko‘p.

Yanada yuksalsin futbol parvozi -

Uning muxlislari - qanotlari ko‘p!

Zayniddin NORMAN

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:19, 14.01.2018.
O'qildi: 2482 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик