Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

«Nasaf»ning OCHLdagi raqibi «Al Faysaliy» haqida ma’lumotlar

«Nasaf»ning OCHLdagi raqibi «Al Faysaliy» haqida ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Iordaniyaning Amman shahriga qarashli “Al Faysaliy" klubi 1932 yili tashkil bo‘lgan. Uy uchrashuvlarini “Shaxzoda Muxammad” stadionida o‘tkazadi, stadion sig‘imi – 17 000 tomoshabin.

Umuman olganda “Al Faysaliy” klubi “ajdarlar”ga notanish emas. Mazkur jamoalar bungacha OFK kubogining nimchorak finalida tuqnash kelishgan. 2011 yili 24 mayda, “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda jamoamiz raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etgan va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

“Al Faysaliy” klubi mamlakat chempionatida yetakchi klub hisoblanadi. Ammanliklar o‘z tarixida 32 karra chempionlikni, 18 karra federasiya kubogini, 15 marta superkubokni va ikki marta OFK kubogini qo‘lga kiritganlar.

Iordaniya PRO ligasida 12 jamoa ishtirok etadi. Ayni paytda “Al Faysaliy” klubi mamlakatning vise chempioni hisoblanadi.

Iordaniya PRO ligasida ikki klub yetakchilik qiladi. Mamlakat chempionligi yoki boshqa musobaqalarda raqobat asosan “Al Faysaliy” va “Al Vexdat” klublari o‘rtasida kechadi. Ayni paytda premyer-ligada davralar oralig‘idagi tanaffus davom etmoqda. Ikkinchi davra uchrashuvlariga 24 yanvar kunidan start beriladi.

Raqibimiz - “Al Faysaliy” jamoasi 11ta uchrashuvdan so‘ng 19 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda. 24 yanvar kuni ular ikkinchi davraning ilk uchrashuviini  “Al Yarmuk” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“Al-Faysaliy” klubi yaqinda jamoa bosh murabbiyligiga Nabil Kukini taklif etdi va o‘zaro kelishuvga erishdi. Ushbu mutaxasis Dragan Talajich o‘rnini egalladi. Tunislik 47 yoshli mutaxasis Nabil Kuki, bungacha Iordaniya premyer ligasi peshqadamlaridan biri “Al Ramtha” jamoasini boshqarayotgan edi. Kukiga mahalliy murabbiylardan Nadir Xbiri yordam bermoqda.

“Al Faysaliy” klubining besh nafar futbolchisi yaqinda FIFA qaroriga ko‘ra, bir yilga futboldan chetlatildi. Jazolangan futbolchilar o‘rniga klub, yangi futbolchilarni qo‘shib olmoqda. Yaqinda jamoa tarkibiga albaniyalik yarim himoyachi Alban Meha kelib qo‘shildi. Jamoa tarkibida mahalliy futbolchilar qatori yana senegallik, liviyalik va polshalik legioner futbolchilar bor.

Jamoaning 27 yoshli liviyalik hujumchisi Akram Zuvay o‘tgan yili 12ta to‘p kiritib, chempionat to‘purari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Al Faysaliy” uchrashuvi 30 yanvar seshanba kuni, Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 16:00da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 13:25, 16.01.2018.
O'qildi: 3847 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.