Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ikrom Aliboyev: «Hatto xorijdan takliflar oldim»

Ikrom Aliboyev: «Hatto xorijdan takliflar oldim»

Baho:
+ | -1

Amaldagi chempion - «Lokomotiv» o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini BAAning Dubay shahrida davom ettirmoqda. Ilk xorij yig‘inida asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini tiklash hamda o‘rtoqlik o‘yinlari asnosida amaliyotni yaxshilashga qaratiladi.

Darvoqe, «Loko» mashg‘ulotlarida o‘tgan mavsum yakunida butsalarini mixga ilgan Temur Kapadze murabbiy sifatida ishtirok etyapti. Demak, Kopa ham Mirko Yelichich boshqaruvidagi shtabdan joy oldi. «Lokomotiv» delegasiyasi safarga jo‘nab ketishidan avval jamoa yarim himoyachisi Ikrom Aliboyevni maxsus suhbatga chorladik.

Zero, 2012 yildan buyon «temiryo‘lchilar» sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchi Yangi yil bayrami arafasida klub shartnomasi muddatini 2 yilga uzaytirgandi.

Ma’lumot uchun aytish joiz, Ikrom ortda qolgan mavsum oliy liga doirasidagi 22ta o‘yinda maydonga tushdi (jami 1769 daqiqa harakatlandi) va raqiblar darvozasiga 4ta gol urib, 3 bora sariq kartochka oldi.

- Ikrom, o‘tgan mavsum «Lokomotiv» uchun kutilganidan ham omadli keldi - jamoangiz ketma-ket ikkinchi yil «oltin dubl» qayd etdi. Bu muvaffaqiyatning bosh omili raqobatdan xoli bo‘lganinglarmi yoki...?

- G‘alabalarimizning asosiy sababi - murabbiylarning tinimsiz izlanishlari va mehnatlari. Qolaversa, klub rahbariyatining yuksak e’tibori ham muhim ahamiyat kasb etdi. Yana shuni qo‘shimcha qilishim kerak, bizda ajoyib va ahil kollektiv, ya’ni jamoa yig‘ilgan.

Raqobatga kelsak, undan xoli emasdik. Misol uchun, ikkinchi davrada «Nasaf» izma-iz ta’qib etdi. Ayni shu holat bir lahzaga ham bo‘shashishimizga yo‘l qo‘ymadi.

- «Lokomotiv»ning chempionatdagi eng qiyin g‘alabasi sifatida qay birini tilga olasiz?

- Aslida oson o‘yinning o‘zi kuzatilmadi, hisob. Lekin birinchi davra doirasida «Paxtakor»ga qarshi kechgan safar o‘yinida juda qiynaldik. O‘sha uchrashuvni eng murakkablari qatoriga qo‘shish mumkin.

- Jamoaning eng alamli mag‘lubiyati-chi?

- Qizig‘i, alamli mag‘lubiyat ham «Paxtakor» bilan o‘yinda ro‘y berdi. Ikkinchi davradan o‘rin olgan o‘zaro uchrashuvda sezilarli ustunlikka erishganimizga qaramay, buni natijada aks ettirolmadik.

- «Sho‘rtan» maydonidagi mag‘lubiyat tasodifmidi?

- Yo‘q. «Sho‘rtan» o‘sha kuni haqli g‘alabaga erishgandi. Shaxsan men «Sho‘rtan»dan qabul qilingan mag‘lubiyatni tasodifga yo‘ymayman. G‘uzorliklar ajoyib o‘yin ko‘rsatish asnosida ustun kelishgandi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, «Sho‘rtan» o‘z maydonida poytaxtning barcha jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Shuning o‘ziyoq fikrim to‘g‘riligiga asosdir.

- Ko‘pchilikning fikricha, «Lokomotiv»da ikki nafar bosh murabbiy bor: Yelichich va Miklyayev. Klub futbolchisi sifatida bu murabbiylarning asosiy vakolatlari haqida ma’lumot bera olasizmi: kim tarkib tuzadi, kim ko‘rsatma beradi?

- Har ikkisi mashg‘ulotlarni birdek boshqaradi. To‘g‘ri, ishning katta qismini Mirko Yelichich bajaradi. Deylik, o‘yinlar uchun taktikani ham, ko‘rsatmalarni ham aynan avstraliyalik murabbiy belgilaydi.

Bilishimcha, Mirkoda PRO-lisenziyasi yo‘qligi sabab, rasmiy hujjatlarda Andrey Miklyayev bosh murabbiy sifatida ko‘rsatilmoqda.

- Mavsum yakunlangach, sizda biroz ikkilanish kuzatildi. Zero, oldingizda jamoada qolish yoki boshqa klubga o‘tish masalasi ko‘ndalang turgandi. Mana, oxir-oqibat, «Lokomo-  tiv»da qoldingiz. Bir to‘xtamga kelishda nechog‘li qiynaldingiz?

- Aslida bu borada ortiqcha bosh qotirmadim, hisob. Axir «Lokomotiv» men uchun xuddi ikkinchi uydek bo‘lib qoldi. 6 yildan buyon «temir-yo‘lchilar» sharafini himoya qilyapman.

To‘g‘ri, boshqa jamoalardan juda ko‘p takliflar tushdi. Xususan, xorij klublariga ham chaqirishdi. Lekin yakunda «Lokomotiv»da yana 2 yil o‘ynashni ma’qul ko‘rdim.

- Xorijda faoliyat yuritish har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Nima uchun bunday imkoniyatdan foydalanmadingiz?

- Ha, xorij klublari takliflari moliyaviy tomondan zo‘r edi. Lekin ayni payt bunday chorlovlarni qabul qilishda shoshilmasligim kerak. Har holda, salohiyatimni yaxshiroq chempionatlar va kuchliroq klublarda sinab ko‘rishni xohlayman.

- Qiziq, aynan qaysi klublar siz bilan aloqaga chiqqandi?

- Keling, shu haqda gapirmaylik. Axir tranfser amalga oshmadi-ku! Aytmoqchimanki, endi jamoalar nomini aytishdan ma’no yo‘q. 

- Ko‘plab futbolchilarimiz vaqtida xorij jamoalari taklifini qabul qilmay, keyin afsuslanishgan. Ya’ni fursatni boy berishgan...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:53, 17.01.2018.
O'qildi: 4777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.