Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

AGMK mashg‘ulotlariga yana ikki nafar legioner paydo bo‘ldi

AGMK mashg‘ulotlariga yana ikki nafar legioner paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

Avval, xabar berganimizdek, kecha AGMK jamoasi tarkibiga yana ikki nafar legioner kelib qo‘shildi.

Mashg‘ulotlarni boshlashdan avval Vladislav Kasminin tavallud ayomi bilan tabrik qabul qildi. Shundan so‘ng, jamoaga kelib qo‘shilgan bosniyalik hujumchi Ismar Tandir futbolchilarga tanishtirildi.

Ismar Tandir 1995 yil Germaniyaning Frankfurt shahrida tavallud topgan. Hozirda Bosniya va Gersegovina fuqarosi bo‘lgan forvard 2017 yilgi mavsumda Tuzla shahrining "Sloboda" jamoasi sharafini himoya qilgan.

Kechki mashg‘ulotlarga esa Qirg‘iziston terma jamoasi darvozaboni Pavel Matyash jamoa tarkibida shug‘ullana boshladi.

2017 yil Maldiv chempionatida g‘olib bo‘lgan posbon AGMKda darvozabonlar o‘rtasidagi raqobatni oshirish maqsadida taklif etildi.

O‘tgan mavsum jamoamizning yutuqlariga katta hissa qo‘shgan Xurshid Xodjayev o‘tgan seshanba kuni Moskva shahrida tizzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi. Jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tdi va shifokorlar Xurshidga ikki oydan so‘ng individual mashg‘ulot olib borishi mumkin ekanligini ta’kidlashdi.

Manba: www.fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 13:27, 18.01.2018.
O'qildi: 3919 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.