Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kris van Puyvelde “Bunyodkor”ga ham tashrif buyurdi

Kris van Puyvelde “Bunyodkor”ga ham tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Oldinroq xabar berganimizdek, ayni paytda Belgiya futbol federasiyasi texnik bo‘limi rahbari Kris van Puyvelde yurtimizda bo‘lib turibdi.

Bugun ushbu mehmon yurtimizning yetakchi klublariga tashrif buyurdi. Jumladan, u “Bunyodkor” futbol klubi va stadioni faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Belgiyalik mehmonni “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori Murodjon Aliyev hamda stadion direktori Vohid Zokirov iliq kutib olishdi. Kris van Puyvelde avvaliga “Bunyodkor” stadionida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va ularga yuksak baho berdi. So‘ng, mehmon “Bunyodkor” bolalar-o‘smirlar futbol maktabi holati bilan yaqindan tanishishish maqsadida akademiyaga tashrif buyurdi. Yevropalik mutaxassis futbol maktabi o‘quv binosi, qayta tiklanish va tibbiyot markazlari, suzish xavzasi, ovqatlanish tizimi, yotoqxona, trenajyor va gimnastika zallari, mashg‘ulot maydonlarini ko‘zdan kechirdi va yaratilgan sharoitlarga xavas bilan qaradi.

Shuningdek, klub faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan ham o‘rtoqlashdi.  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:48, 18.01.2018.
O'qildi: 2822 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик