Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Belgiyalik mutaxassis Kris van Puyvelde poytaxtimiz klublari bilan tanishdi

Belgiyalik mutaxassis Kris van Puyvelde poytaxtimiz klublari bilan tanishdi

Baho:
+ | -

Yurtimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Belgiya futbol federasiyasi Texnik direktori Kris van Puyvelde bugun poytaxtimiz klublariga tashrif buyurdi.

Belgiyalik mutaxassis dastlab "Lokomotiv" stadioni va klub qarorgohida bo‘lib, u yerda futbolchi va murabbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, "Lokomotiv" futbol klubining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida u klub infratuzilmasini yanada rivojlantirish, stadionga muxlislar tashrifini oshirish, yosh futbolchilarni tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

Shundan so‘ng, Kris van Puyvelde “Bunyodkor” futbol klubiga tashrif buyurib, ushbu klub faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Belgiyalik mehmonni “Bunyodkor” futbol klubi mutasaddilari iliq kutib olishdi. Kris van Puyvelde avvaliga “Bunyodkor” stadionida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va ularga yuksak baho berdi. So‘ng, mehmon “Bunyodkor” bolalar-o‘smirlar futbol maktabi holati bilan yaqindan tanishishish maqsadida akademiyaga tashrif buyurdi. Yevropalik mutaxassis futbol maktabi o‘quv binosi, qayta tiklanish va tibbiyot markazlari, suzish havzasi, ovqatlanish tizimi, yotoqxona, trenajyor va gimnastika zallari, mashg‘ulot maydonlarini ko‘zdan kechirdi va yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, Kris van Puyvelde klub faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Keyin esa belgiyalik mutaxassis "Paxtakor" klubiga tashrif buyurib, bu yerdagi shart-sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi. "Paxtakor" klubi mutassaddilari Kris van Puyveldeni klub faoliyati bilan tanishtirib, unga "Paxtakor" stadionini ko‘rsatishdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:18, 18.01.2018.
O'qildi: 3507 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик