Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Falastin FIFA reytingida O‘zbekistondan o‘tib ketdi

Falastin FIFA reytingida O‘zbekistondan o‘tib ketdi

Baho:
+ | -1

Bugun, 18 yanvar kuni Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilotga a’zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 441 (440,74) ochko bilan 77-pog‘onaga joylashdi. Terma jamoa avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan umumiy hisobda bir o‘ringa yuqoriladi va OFKga a’zo mamlakatlar orasida 9-o‘rinda qoldi.

Yangi reytingga nazar soladigan bo‘lsak, O‘zbekiston BAA va Iroq terma jamoasidan oldinga o‘tib ketdi. O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi tafovut 5 ochkoni tashkil etadi. Eron terma jamoasi 797 ochko bilan hamon Osiyo qit’asida peshqadamlik qilmoqda.

Kuchli uchlikdan Avstraliya (763) va Yaponiya (598) terma jamoalari joy olishdi. Shuningdek, Falastin terma jamoasi birdaniga 5 ta o‘ringa ko‘tarilib, O‘zbekistonni ortda qoldirib ketdi.

Quyida OFKga a’zo mamlakatlarning TOP-10 ligi bilan tanishishingiz mumkin.

1 (34). Eron — 797 ochko;

2 (36). Avstraliya — 763 ochko;

3 (56). Yaponiya — 598 ochko;

4 (59). Janubiy Koreya — 569 ochko;

5 (65). Saudiya Arabistoni — 522 ochko;

6 (71). Xitoy — 443 ochko;

7 (75). Falastin —  443 ochko;

8 (76). Suriya — 442 ochko;

9 (77). O‘zbekiston — 441 ochko;

10 (78). BAA — 436 ochko.

Germaniya terma jamoasi 1602 ochko bilan FIFA reytingida hamon peshqadam bo‘lib turibdi. Braziliya 1483 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni Portugaliya terma jamoasi 1358 ochko bilan yakunlab berdi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:03, 18.01.2018.
O'qildi: 9861 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.