Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Inyestaning «Barselona»dagi o‘rni daxlsiz…

Inyestaning «Barselona»dagi o‘rni daxlsiz…

Baho:
+ | -

«Barselona» nihoyat, maqsadiga erishdi - braziliyalik Felippe Koutinyoni o‘z safiga qo‘shib oldi. Nima, bu klub afsonasi Andres Inyestaning davri tugayotganini anglatadimi?

Umid qilamizki, yo‘q. Birinchidan, faxriy yarim himoyachi va «Barsa» o‘rtasida muddati cheksiz shartnoma bor. Ikkinchidan, abadiy «navqiron» Inyesta hamon «blaugrana»da o‘z roliga ega.

Qolaversa, buyuk ijrochining buyuk yo‘lini nazarda tutsak, murabbiylar uni shunchaki, chetga surib qo‘ymasalar kerak.

Asosiy tarkibga ilk qadam

Inyesta «Barsa»dagi debyutini 2002 yili nishonlagan. O‘sha vaqt uning hozirgi yosh muxlislari hali dunyoga kelishmagan edi.

E’tiborlisi, tajribali Lui van Gal yosh iqtidorni ilk marta Yevropa CHL doirasidagi o‘yinda sinab ko‘rgandi. Aniqrog‘i, Andres Belgiyaning «Bryugge» klubiga qarshi uchrashuvda katta futboldagi yurishini boshlagandi.

Ronaldinyo o‘rinbosari

Mavsum-2003|2004ga kelib, Inyesta maydonga nisbatan ko‘proq tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

U avvaliga buyuk Ronaldinyo o‘rinbosari sifatida gavdalandi. Yana 2 yildan keyin esa braziliyalik bilan yelkama-elka turgancha to‘p surdi. Inyesta «royal»ni ko‘tarib yurar, Ronaldinyo esa «ohang» tanlardi.

Shu orada tarkibga Deku qo‘shilganida ham, yosh Andres o‘z o‘rnini yo‘qotmadi. Xavi jarohatlanib, ma’lum muddatga safdan chiqqanida esa, maydon markazida bosh dispetcher funksiyasi aynan Inyesta zimmasiga tushdi.

Debyut gol

Qahramonimiz «Barsa»dagi gollari hisobini 2004 yilning yanvarida «Levante»ga qarshi kechgan Ispaniya kubogi doirasidagi o‘yinda ochib, kataloniyalikning 3:1 ko‘rinishidagi g‘alabalariga hissa qo‘shdi. U o‘shanda uchrashuvning 4-daqiqasida gol urgandi.

CHLdagi g‘alaba

2005 yili «Barselona» va «Arsenal» o‘rtasida kechgan final dramatik tus olib, yakunda kataloniyaliklar g‘alabani tantana qilishdi - 2:1. Inyesta o‘sha o‘yinga tanaffusdan keyin qo‘shilgandi.

U hal qiluvchi bahsda gol urmagan yoki assistentlik qilmagan bo‘lsada, Frank Raykaard tomonidan tuzilgan ajoyib jamoaning muhim ijrochisi sifatida ko‘zga tashlandi.

CHLda urilgan hal qiluvchi gol

«Barselona» CHL-2008|2009 yarim finalida «Chelsi»ga to‘qnash keldi. «Kamp Nou»dagi ilk o‘yinda nursiz (golsiz) durang qayd etildi, javob bahsida esa londonliklar uzoq vaqt hisobda oldinda borishdi ( gol muallifi - Mikael Essyen). 90+3-daqiqaga kelib, aynan Inyesta muvozanatni tikladi va uning aniq zarbasi tufayli Xosep Gvardiola jamoasi finalga yo‘l oldi.

Chempionlik goli

Ispaniya termasi 2010 yili o‘z tarixida ilk marta jahon chempioni bo‘ldi.  Visente del Boske jamoasi JAR mundialida aynan Inyestaning finaldagi yagona goli evaziga «oltin» tusga kirdi.

Andres bu safar qo‘shimcha bo‘limda o‘zini ko‘rsatib, Gollandiya termasini alamda qoldirgancha ispan futboli tarixidan joy oldi.

Messi va Ronaldudan yaxshi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:27, 20.01.2018.
O'qildi: 5372 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.