Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Bunyodkor” nazorat uchrashuvida “Navbahor”dan ustun keldi

“Bunyodkor” nazorat uchrashuvida “Navbahor”dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumoldi yig‘inlari doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg‘ochlar” Namanganning “Navbahor” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Qiziqarli kechgan bahsda bunyodkorchilar 2:1 hisobida g‘alaba qozondilar. Sanjar Qodirqulov va Shoxruz Norxonov tomonidan kiritilgan gollarga “lochinlar”dan Azamat Allaniyozov penaltidan bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” mavsumlar oralig‘idagi birinchi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi. Endi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg‘ochlar” 27 yanvar kuni “Buxoro” klubiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazishadi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:40, 21.01.2018.
O'qildi: 3041 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик