Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Ravshan Haydarov: «Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinga jismoniy, taktik va ruhiy jihatdan tayyormiz»

Ravshan Haydarov: «Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinga jismoniy, taktik va ruhiy jihatdan tayyormiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ertaga yarim final bahsini o‘tkazadi. Vakillarimizga Janubiy Koreya termasi raqiblik qiladi. Mazkur o‘yin oldidan Ravshan Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Shukrki, tarkib borasida muammolarimiz yo‘q. Barcha futbolchilar ertangi bahsga tayyor. Jismoniy, taktik va ruhiy jihatdan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinga tayyormiz. Umid qilaman, ertaga eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilamiz", — so‘z boshladi Ravshan Haydarov.

"O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari mazkur musobaqa doirasida 4tadan o‘yin o‘tkazishdi. Shu bois, har ikkala jamoa bir xil holatda. To‘rtta o‘yindan keyin ba’zi futbolchilardan charchoq alomatlari bor. Ammo murabbiylar shtabi buning ustida ishlamoqda".

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda Yaponiya ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Haydarovning fikricha, bunday natija Koreyaga qarshi bahs oldidan futbolchilarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

"Yaponiyaga qarshi o‘yinda qozonilgan g‘alaba ruhiy jihatdan bizga yordam beradi. Lekin koreyaliklar qay darajada kuchli ekanini yaxshi bilamiz. Umid qilaman, ertaga Yaponiyaga qarshi bahsda bo‘lgani kabi harakat qilamiz. Janubiy Koreya jismoniy jihatdan kuchli ekanini bilamiz. G‘alaba qozonish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz" — dedi Ravshan Haydarov.

Janubiy Koreya terma jamoasi musobaqadagi barcha o‘yinni Kunshan stadionida o‘tkazishdi va ular bu maydonga to‘la moslashib ulgurishgan. O‘zbekiston esa avvalgi bahslarni Chanchjou va Szyanmin shaharlarida o‘tkazgandi.

"Koreya barcha o‘yinlarni bu stadionda o‘tkazib, ular maydonga moslashib olishgan bo‘lishi mumkin. Ammo har ikkala jamoa bir xil holatda. Boisi, barchamiz Xitoyda o‘ynayapmiz. Shu bois, bu narsa biz uchun muammo bo‘lmasligi kerak".

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:25, 22.01.2018.
O'qildi: 5520 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик