Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Taxtni osonlikcha «PSJ»ga berishmaydi yoxud Ranyeri va Balotelli Parij millionlariga qarshi

Taxtni osonlikcha «PSJ»ga berishmaydi yoxud Ranyeri va Balotelli Parij millionlariga qarshi

Baho:
+ | -

Fransiyada moliyaviy imkoniyatlar bo‘yicha «PSJ»ga hech qaysi klub tenglasholmayapti, shunga qaramay, raqobatchilar tushkunlikka tushishmayapti.

Birinchidan, tor fikrlaydiganlar ko‘z o‘ngida aksariyat jamoalar arablar o‘lkasi va Afrikadan kelgan iqtidorlar hisobiga tuzilgan oddiy kollektivdek ko‘rinadi. Liboslarini almashtirishsa, farq sezilmaydi.

Ikkinchidan, «PSJ»ni YECHLda g‘oliblikka undash maqsadida Yaqin Sharqdan oqib kelayotgan pullar poytaxt klubini boshqalar oldida yaqqol favoritga aylantirdi. Neymar, Mbappe, Dani Alves... Transferlar summasi va xaridorning qat’iyligi bilan hayron qoldirdi. Ammo ishoning, vaziyat biz taxmin qilganchalik yomon emas! Liga 1da osonlikcha taslim bo‘lmaydiganlar ham topiladi.

«TIRILGAN» BALOTELLI

Balki, kimlargadir Mario qarigandek tuyular, axir u ko‘plab jamoalarda to‘p surishga ulgurdi... «Inter», «Manchester Siti», «Milan», Italiya termasi. U hamma yerda e’tibor markazida bo‘ldi. Muhim, chiroyli gollarni urdi.

«Neradzurri» bilan «A» seriya hamda YECHLda g‘olib chiqdi. «Shaharliklar» libosida Angliya chempioniga aylandi. Germaniyaliklarga qarshi bahsda «dubl» qayd etib, «Skuadra adzurra»ni Yevro-2012 yarim finali sari yetakladi...

Uning Noyer darvozasini ikkinchi marta ishg‘ol qilgach, muvaffaqiyatni qanday nishonlagani futbol tarixiga muhrlandi. Ammo bularning bari o‘tmishda qoldi.

Keyinchalik Mario «Liverpul»da qiynaldi, yana bir bor «Milan» libosini kiydi. Mojarolar esa uning obro‘siga putur yetkazdi, og‘ir fe’l-atvori iqtidorini to‘liq namoyon etishiga to‘sqinlik qildi.

Ushbu forvard haqidagi yangiliklar ko‘pincha negativ ko‘rinishga ega bo‘lardi. Shu bois Balotellining davri o‘tgandek tasavvur uyg‘onaveradi.

2016 yil yozida u «Nissa» o‘yinchisiga aylandi. Super Marioning Fransiyaga ko‘chib o‘tishiga ko‘pchilik tomonidan bir xil ta’rif berildi: go‘yoki, yulduzlik kasaliga chalingan forvard ushbu mamlakatga chorasizlik tufayli kelgan.

Faoliyatining qolgan qismini shu yerda to‘p surish or­qali o‘tkazadi. Ammo ular adashishgandi! Ha, Balotelli ba’zan ehtiroslarini jilovlay olmaydi. Fransiyada o‘tkazgan dastlabki yillari uch marta qizil kartochka oldi, joriy mavsumda yana bir marta chetlatildi. Hakamni haqoratladi.

Uchrashuv boshlanishi haqidagi hushtak chalingach, zaxira o‘rindig‘iga yaqinlashib, butsalaridagi iplar o‘ta tarang bog‘langanidan shikoyat qildi. Unga yordam ko‘rsatilayotgan pallada jamoasi bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi.

Biroq bularning bari italiyalik hujumchining «Nissa»ga keltirayotgan foydasi oldida hech narsa emas. Joriy mavsum Mario raqiblar darvozasini birin-ketin ishg‘ol etmoqda.

Sermahsullik samarasi o‘laroq, jamoasi turnir jadvalining yuqori pog‘onalarida bormoqda. Hozirgi holatidan mamnun Balotelli jilmaygan holda hozirgi klubidagi a’lo muhitni bosh­qa hech qayerda ko‘rmaganini ta’kidladi.

RANYERINING YANGI «ERTAGI»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:46, 23.01.2018.
O'qildi: 5426 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик