Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekistonlik yosh futbolchilar Fransiya jamoalarida o‘ynashadi

O‘zbekistonlik yosh futbolchilar Fransiya jamoalarida o‘ynashadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib, bir qator mutasaddilar va mutaxassislar bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federasiyasi mutassaddilari - Fransiya futbol federasiyasi Prezidenti mahkami boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari, Tashqi aloqalar va institutlararo aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Emili Doms va Fransiya futbol federasiyasi Texnik direktori Filip Montanyer bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida bolalar futboli bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Fransiya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Yevropa andozalari asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o‘rganishga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, shu yilning aprel – may oylarida Fransiya futbol federasiyasi, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi va Fransiya Sport vazirligi mutaxassislaridan tashil topgan delegasiya yurtimizga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. Ular Superliga klublarining marketing bo‘yicha mutaxassislari ishtirokidagi seminarlarida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, klublarimizning marketing bo‘yicha faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam berishadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:24, 23.01.2018.
O'qildi: 6694 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.