Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Ochilboy Ramatov o‘zbek futbolidagi muammolar haqida gapirdi

Ochilboy Ramatov o‘zbek futbolidagi muammolar haqida gapirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Reportajlar

Avvalroq xabar berib o‘tganimizdek, bugun O‘FFning navbatdan tashqari saylovi bo‘lib o‘tdi.

Endilikda O‘zbekiston futbol assosiasiya deya nomlanadigan tashkilotga O‘zbekiston Qahramoni, Bosh  vazir birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston temir yo‘llari AJ boshqaruv raisi Ochilboy Ramatov saylandi.

Hozirda davom etayotgan konferensiyada Ochilboy Ramatov o‘zbek futbolinnig og‘riqli nuqtalari haqida ma’ruza o‘qidi.

“O‘zbekiston futboli boshqalardan kam bo‘lmagan tarixga ega. 1912 yilda Qo‘qonda ilk futbol jamoasi tashkil topgan.

Demak, futbolimiz tarixi o‘sha vaqtga borib taqaladi. Hozir dunyoning ko‘plab davlatlari futboli, masalan arab o‘lkalarida futbol rivojlanib ketdi.

Ammo o‘sha vaqtlarda ular futbol nimaligini bilganmi? Yo‘q. Biroq futbol rivoji uchun astoydil ish olib borishdi va dunyo darajasiga chiqa olishdi. Biz esa ortga ketdik.

Har bir muxlis O‘zbekiston futbol assosiasiyasidan natija so‘rashga haqli. Xalqning bunga haqqi bor. Ilgari stadionlarga muxlislar ko‘p kelar edi, ammo hozir hammasi o‘zgarib ketdi.

Poytaxtda stadionlar huvillab qoldi. Bunga sabab sifatida ko‘ngilochar joylar ko‘pligi aytiladi. Ammo viloyatlarda ham bor  ko‘ngilochar joylar, ammo ular stadionga keladiku!

Agar stadionda ishqiboz bo‘lmasa, biz ham bo‘lmasligimiz kerak. Asosiy maqsad - xalq uchun ishlash. Teatrga tomoshabin kelmasa, spektakl qo‘yiladimi? Bizda ham shunday bo‘lishi kerak.

“Paxtakor”ga kelgan 55 ming muxlis qani? Bizda hozir futbol yo‘q, balki boshqacha “o‘yinlar” bor. Oxirgi vaqtda birozgina tartib o‘rnatilgan edi, mana natija ham yaxshilanmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi ishiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q, - dedi Ramatov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:09, 25.01.2018.
O'qildi: 5821 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.