Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Terma jamoaga xorijdan murabbiy keladimi? Ramatov javob berdi

Terma jamoaga xorijdan murabbiy keladimi? Ramatov javob berdi

Baho:
+1 | -1

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga mashhur va katta maosh oluvchi murabbiy olib kelinmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi rahbari Ochil Ramatov ma’lum qildi.

«Endi ikki-uch yil kamroq ovqat yesak ham vaziyatni to‘g‘rilab olish uchun ishlashimiz kerak bo‘ladi. Mahalliy murabbiylar bilan ishlashimiz kerak. Biz millionlab maosh so‘rovchi buyuk murabbiylar olib kelib, odamlarning g‘ashiga tegishimiz shart emas. Arzonroq murabbiylar, futbol o‘ynashni o‘rgata oladigan murabbiylarni topsak ham bo‘ladi. Axir biznikilar baribir yevropacha futbol o‘ynay olmaydiku? Bizda Sovet maktabi. Himoyachilar himoyada, hujumchilar hujumda o‘ynaydi. Buni sekin-sekin o‘zgartirish kerak. Hozir bizning bolalar zamonaviy uslublarda o‘ynay olmaydi.

Qolaversa, jismoniy tayyorgarlik talab darajasida emas. 15 daqiqa yaxshi o‘ynab, keyin tili osilib qoladi. Yoshlikdan tayyorlash kerak bolalarni. Vaziyatdan kelib chiqib ishlaymiz. Zamonaviy murabbiylarni tayyorlaymiz», degan Ramatov.

***

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi rahbari Ochilboy Ramatov milliy chempionatda jamoalar uchun rag‘batlantiruvchi mukofot pullari joriy etilmaganiga e’tibor qaratdi.

U chempionatdagi klublarda rahbariyat klub oldiga yuqori o‘rinlarni egallash vazifasini qo‘ymasligi, faqat ligani tark etmasdan, o‘rtada yurish talab qilinishini tanqid qildi.

«Viloyatlar jamoalarini kuchaytirish kerak. Hozirda bu jamoalar ligadan chiqib ketmasak, bo‘ldi deb o‘ynaydi. Nisbatan kuchlilari ko‘pi bilan kuchli oltilikka kirishni maqsad qiladi. Men hamisha «Lokomotiv»ga birinchi bo‘lish talabini qo‘yganman. Boshqalar unday qilmas ekan.Mana endi vodiydagi va vohalardagi kuchli jamoalar yo‘qolib ketdi.

Moliyaviy masalalarni yaxshilashga harakat qilamiz. Federasiyada pul bo‘ladi. Bundan xavotir olmang. Biz futbol uchun pul topamiz. Biz birovning qo‘liga qarab o‘tiradigan odamlarga qarab qolmaganmiz.

Kerakli rag‘batlantirish ishlarini olib boramiz. Jamoa chempion bo‘ladi-yu, hech qanaqa pul olmaydi. Hech qayerda bo‘lmasa kerak bunaqasi. Mana, «Lokomotiv» O‘zbekiston chempioni, pul olgani yo‘q. Mayli, «Lokomotiv»ga pul kerak emas, puli ko‘p (kuladi).

Gap puldamas, lekin arzisa, pul berish kerak, to‘g‘rimi? Buni tartibga solamiz va bajaramiz.

Klublarda intilish bo‘lishi kerak. Ular sovrindor bo‘lishga, mukofot pullari olishga intilishi kerak», degan O‘FAning yangi rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat futbolga pul ajratadi.

«Hammasini yo‘lga qo‘yamiz. Davlatdan pul so‘rasak, beradi. Qolaversa, futbolimizga yordam berishga tayyor do‘stlarimiz bor. Respublikadayam, tashqaridayam. O‘zbeklarni, O‘zbekistonni yaxshi ko‘radiganlar bor. Gap yuz millionlab dollarlar haqida emas. Lekin, o‘ziga yarasha pul topiladi», deya Ramatovning so‘zlarini keltirgan kun.uz sayti.

***

Mazkur hisobot-saylov konferensiyasida sobiq rahbariyat ham tanqid qilindi.

«Ob’ektiv yondashish kerak. Bundan buyog‘iga Toshkentdagi jamoalarga ham, viloyatlar jamoalariga ham birdek qarash kerak, hakamlar jamoalarni bir xil ko‘rishi kerak.

Namanganda «Navbahor» bilan «Paxtakor»ni o‘yinida adolatsizlik bo‘lganini o‘zim ko‘rganman. Keyin futbol federasiyasi boshlig‘i borib kechirim so‘rab yuribdi.  Shunaqayam bo‘ladimi? Bunaqada ish bo‘ladimi? Yo tadbirkorlik qilish kerak, yo futbolga qarash kerak. Yo magazinda ishla, yo futbolni qil. Bu bozor emas-ku, to‘g‘rimi», deya O‘FA prezidenti so‘zlarini keltirdi jurnalistlar. 

Ramatov «Navbahor» va «Paxtakor»ning qaysi o‘yinini nazarda tutgani ma’lum emas.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 09:37, 26.01.2018.
O'qildi: 15914 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.