Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Superligada 12 jamoalik format qayta ko‘rib chiqiladi

Superligada 12 jamoalik format qayta ko‘rib chiqiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yangi prezidenti Ochilboy Ramatov joriy mavsumda tashkil qilingan Superliga formatini tanqid qilib o‘tdi.

«Chempionatda joriy qilingan yangi islohotlar haqida. Biz hali bu reformalarni ko‘rib chiqamiz. Barchasini birdaniga o‘zgartirib tashlab bo‘lmaydi. Islohotlar sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak. Futbol boks emasku, to‘g‘rimi, urib yiqitasan, bo‘ldi desang.

Hududlarda futbolni o‘ldirib qo‘yish kerak emas. O‘zgarishlar yaxshilikka, futbolni rivojlanishiga xizmat qilishi kerak. Sizlar tuzgan yangi formatdagi oltita kuchli jamoani ajratish faqat Toshkent jamoalarini o‘sishiga yordam beradi. Hududlardagi jamoalarni bu yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘sha oltilikka qaysi jamoalar kirishini aytib beraymi? «Paxtakor», «Lokomotiv», «Bunyodkor» kiradi. Keyin «Nasaf» zo‘rg‘a kirishi mumkin. Shundan keyin faqat poytaxt jamoalari rivojlanib, viloyatlarda futbol yo‘qolib boraveradi.

Bu bilan islohotlarni, yangicha formatni butunlay yo‘qotish kerak demoqchi emasman. Lekin buni yaxshilab o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Hali mavsum boshlanishiga bir oy vaqt bor va bu masalani yana ko‘rib chiqamiz.

Men revolyusioner emasman, kelgandan barcha narsani o‘zgartirib tashlaydigan. «Mash’al» yoki boshqa jamoa shunchaki tushirib yuborilmaydi. Hali bu sohaga to‘liq kirganim yo‘q. Bu masalani ham ko‘rib chiqamiz. Kelgan zahoti, Umid Ahmadjonov xato qilgan deb tashlash noqulay menga ham. Bir oy vaqt davomida ko‘rib chiqaylik. Shundan so‘ng aniq bir to‘xtamga kelamiz», deya Ramatovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.Uz muxbiri.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 10:22, 26.01.2018.
O'qildi: 6876 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.